MINI FUTBOL BÖYIÇA ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI DXX QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI BÖYIÇA BOŞQARMASI BOŞLIĞI KUBOGI MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI
Futbol – millionlar öyini, şu bilan birga mazkur sport turi bilan şuğullanuvçilar uçun ommaviy jismoniy çiniqiş vositasi hamdir. Şu bois, futbol bilan şuğullanuvçilar orasida turli yoş toifasidagi sportçilar, ayniqsa, yoşlar köpçilikni taşkil etadi. Tumanimizda ham futbol sporti bilan şuğullanuvçilar safi yil sayin oşib bormoqda. Buni turli sanalar munosabati bilan ötkazilayotgan futbol musobaqalarining tobora ommaviylaşib borayotganidan ham biliş mumkin.
Joriy yilning 27-28-may kunlari yoşlar örtasida ötkazilgan mini futbol musobaqalarida tumanimizdagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarining barçasidan futbolçilar jamoalari faol iştirok etişdi.
Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği kubogi uçun bölib ötgan mini futbol musobaqalarida tumanimizning 8 ta hududida tuzilgan sportçilar jamoalari özaro kuç sinaşdilar.
Tumanda sportning mini futbol turini rivojlantiriş, uşbu sport turi böyiça kuçli sportçilarni aniqlaş, ovul va mahallalardagi yoşlarni sportga jalb qiliş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ösib kelayotgan yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş orqali aholining madaniy dam olişini taʼminlaş maqsadida taşkil qilingan musobaqaning 27-may kuni hududiy bosqiçi ötkazildi. Unda tumanimizning 8 ta hududi böyiça tuzilgan mini futbol jamoalari qataşdilar.
Musobaqalarning şaffofligini taʼminlaş maqsadida tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi tomonidan tajribali hakamlar guruhi şakllantirilib. Musobaqalar Xalqaro sport Federatsiyasi qoidalari asosida olib borildi va har biri 15 daqiqadan iborat ikkita bölimda sportçilar töp surdilar.
Qiziqarli taassurotlarga boy tarzda ötgan hududiy bosqiçda 49 ta minifutbol jamoalari orasidan eng kuçlilari musobaqaning tuman bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritişdi. Unga köra 1-hududda Beşovul mahallasi, 2-hudud böyiça Tölqin ovuli, 3-hududda Örta qalʼa ovuli, 4-hududda Kuyuk köpir ovullari, 5-, 6-, 7-, 8-hududlar böyiça Uyşin, Durunki, Beruniy nomli va Böston mahallalari jamoalari özlarining hamjihatliklari, çiroyli öyin körsatganliklari bilan musobaqa hakami hamda tomoşabinlar olqişlariga sazovor bölişdi va musobaqaning tuman bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritişdi.
28-may kuni mazkur musobaqaning tuman bosqiçi Çordara mahallasi hududidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonida ötkazildi. Birdamlik va özaro hurmat, samimiyat asosida ötgan musobaqalarda birinçi bosqiçda ğoliblikka erişgan Böston, Beruniy nomli, Beşovul, Uyşin, Durunki mahallalari va Tölqin, Örta qalʼa, Kuyuk köpir ovullari mini futbol jamoalari özaro bellaşdilar.
Musobaqa yakunida Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği kubogi musobaqasining tuman böyiça ğolib va sovrindorlari aniqlandi. Unga köra, 1-örinni Örta qalʼa ovuli, 2-örinni Durunki, 3-örinni Beruniy nomli mahalla jamoalari egalladilar va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan 1-, 2-, 3- darajali Diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar hamda mazkur musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶