25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 07:20
Jamiyat 👁 218

NOGIRONLAR JAMIYaTI TOMONIDAN BOLALAR KUNIGA BAGʻIShLAB TADBIR OʻTKAZILDI

NOGIRONLAR JAMIYaTI TOMONIDAN BOLALAR KUNIGA BAGʻIShLAB TADBIR OʻTKAZILDI

Ona aziz farzandi uchun yashaydi. Unga umrini baxshida etadi. Uning ulgʻayishi, voyaga yetishi uchun jon kuydiradi. Davlatimiz  ham bagʻrida oʻsayotgan yosh avlod uchun qaygʻuradi.

1-Iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan har yili mamlakatimiz boʻylab turli tadbirlar oʻtkaziladi. Bu sanani  bayram sifatida nishonlash 1925-yili Jenevada bolalar farovonligi boʻyicha butunjahon konferentsiyasida eʼlon qilingan. Shundan buyon, jahonning koʻplab mamlakatlarida ushbu kunga bagʻishlab, keng miqyosdagi tadbirlar boʻlib oʻtadi.

Tumanimizda ham sana munosabati bilan turli tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Shu yil 21-may kuni Oʻzbekiston nogironlari jamiyati Amudaryo tumani boʻlinmasi tomonidan Amudaryo muhandislik texnikumi binosida, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlab, imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasida “Maftunkor ranglar jilosi” deb nomlangan koʻrik-tanlov oʻtkazildi.

Tadbirni Amudaryo muhandislik texnikumi direktori Maqsud Yoʻldoshev ochib berdi.  Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimi Gavhar Chimbaychiyeva, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi Tatʼyana Pirlepesova, Yoshlar ishlari agentligi  mutaxassisi Abrorbek Haytboyevlar qatnashdilar.

Tadbirda taʼkidlanganidek, mazkur sanani mamlakatimizdagina emas, balki, dunyoning 50 ga yaqin davlatlarida bayram sifatida qabul qilishgan. Umumjahon bolalar kuni bu nafaqat bolalarning kimligini balki, dunyo boʻylab zoʻravonlikkka  duch kelgan, nogironligi bor bolalarning ham haq-huquqlari davlat himoyasida ekanligini anglash kuni sanaladi. Baʼzi davlatlarda bolalarni ishchi kuchi sifatida ishlatishadi, koʻchalarda och-nahor, boshpanasiz yashaydilar. Mamlakatimizda esa bolalar 7 yoshdan boshlab, qoʻliga kitob berib, oʻqishga, yozishga oʻrgatiladi.

Keng jamoatchilikning diqqatini bolalarning muammolariga, ularning huquqlarini himoya qilishga, baxtli bolalikka ega boʻlishlari va oʻz mamlakatining toʻla-toʻkis  fuqarosi boʻlib oʻsishlariga qaratish  “Bolalarni himoya qilish kuni” ning asosiy maqsadi hisoblanadi.

“Maftunkor ranglar jilosi” tanlovida ishtirok etgan bolajonlar turli ranglarda oʻz orzu-maqsadlari, musaffo osmon, goʻzal Vatan, tinchlik ramzlari aks etgan rasmlar chizib, hakamlar va tomoshabinlar eʼtiborini qozondilar. Tanlovda oʻz mahoratini namoyish etgan  69-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi Zulayho Karimboyeva  tanlov gʻolibi deb topildi.

Tadbir davomida tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori Roza Rajabova, hamshira Muqaddas Allabergenovalar nogiron bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdi va ularga tegishli, zarur maslahatlar, tavsiyalar berishdi. Shuningdek, tuman hokimligi, Xalq taʼlimi boʻlimi Kasaba uyushmasi tomonidan 22 nafar imkoniyati cheklangan bolalarga sovgʻalar, turli xil sharbatlar va shirinliklar tarqatildi. 

Shundan soʻng, tuman Madaniyat boʻlimi havaskorlari va 9-sonli  Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Dasturdan oʻrin olgan baxtli bolalik, Vatan haqidagi xushnavo va shoʻx qoʻshiqlar, dilrabo raqslar barcha ishtirokchilarga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi. 

SEVARA ISMOILOVA, QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026