22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:49
Fan va taʼlim 👁 358

USTOZLIK BAXTI

USTOZLIK BAXTI

Hammamiz bolalik davrimizni yaxshi xotiralar bilan eslaymiz. Maktabga ilk qadam qoʻygan kunimiz, oʻqishni oʻrganganimiz. Bizning orzularimizga qanot bagʻishlagan birinchi oʻqituvchimiz va nihoyat birinchi va soʻnggi qoʻngʻiroqlar chalingandagi hayajonlarimiz…

Biz, balki oʻqituvchilik kasbiga oʻsha damlarda havas qoʻygandirmiz. Har yili maktabimiz ostonasidan qalblarida ezgu orzular bilan hayotga uchirma boʻlayotgan oʻquvchilarimiz bilan bir dargohda 11-yil birga intilib, izlanib yashaganimiz uchunmi, sobiq oʻquvchilarimizning keyingi hayoti haqida xuddi oʻz farzandimiz kabi qaygʻuramiz, yutuqlaridan koʻksimiz togʻday yuksaladi. Hatto koʻcha-koʻyda, davralarda qaddimizni tik koʻtarib, faxrlanib yuramiz.

2019-2020 oʻquv yilida bizning 31-son umumtaʼlim maktabimizni uchta sinfda 91 nafar oʻquvchi bitirdi. Shulardan 27 nafari oliy taʼlim dargohlariga, 16 nafari yangidan tashkil etilgan texnikumlarga oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga kirdilar. 49 nafar sobiq bitiruvchilarning deyarli barchasining bandligi taʼminlandi. Biri tadbirkor boʻlsa, yana birlari kasb-hunar egalari boʻlishdi. Bundan maktab direktori sifatida N.Davletova, oʻquv ishlari boʻyicha maktab direktori oʻrinbosari O.Shomurodov, maktab psixologi S.Karimova, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari D.Oʻrozimbetova hamda B.Sherniyozovlar behad mamnun boʻlishdi. Chunki ular har bir bolaning hayotda toʻgʻri yoʻlni topishlarida eng yaqin maslahatgoʻy boʻldilar.

Talabalik baxtiga erishgan sobiq oʻquvchilarimiz yaqinda birinchi yarim yillik imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishib, maktabimizga kelishib, oʻz quvonchlarini ustozlari bilan birga boʻlishdilar. Bunday holat deyarli har yili takrorlanadi. Har yili jajji bolajonlarni kutib olib, bitiruvchi yoshlarni hayotga yoʻllayveramiz. Vaqt esa yugurik. Kecha maktab ostonasidan hatlagan bolajonlar ertaga ona yurt xizmatiga kamarbasta, yetuk mutaxassis boʻlib yetishadilar. Kechagi yosh oʻqituvchi vaqt oʻtib, qadrdon maktabimizga nevaralarini yetaklab keladi. Maktabimizda ilm olishga undovchi birinchi va soʻnggi qoʻngʻiroqlar jaranggi hamisha bir-biriga payvasta. Biz oʻzimiz bilim sirlarini oʻrgatgan oʻquvchilarimizni yanada yorqin orzular quchogʻiga – kelajak ufqlari sari kuzatib qolaveramiz. Ularga oq, oydin yoʻl, baxt-iqbol tilashdan aslo toʻxtamaymiz. Bu – biz oʻqituvchi-murabbiylarning betimsol baxtimizdir.

Nigora Sobirova, Feruza Rajabova, Gʻulomjon Yusupov, 31-sonli umumtaʼlim maktabining oʻtgan 2019-2020 oʻquv yili bitiruvchi sinflari rahbarlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026