1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. BOLALAR HUQUQLARI DAVLAT HIMOYaSIDA
Yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy jihatdan himoya qilish boʻyicha juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha tegishli huquqiy baza shakllantirilgani bu borada muhim asos boʻlmoqda. Aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar oʻz ifodasini topgan.
Bola huquqlarini himoya qilish sohasida qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun Oʻzbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yoʻlida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek, ularning himoyasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konventsiya talablari hamda Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda qator qonunlar qabul qilinib, bu boradagi huquqiy asos yanada mustahkamlandi. Xususan, «Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida», «Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida», «Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (OMBUDSMAN) toʻgʻrisida», «Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida», «Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida», «Bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunlarda bola huquqlarining kafolatlari taʼminlanishi bilan bogʻliq munosabatlar ishtirokchilari va ularning huquq hamda majburiyatlari aniq aks etgan.
Xulosa shuki, Oʻzbekistonda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻziga xos milliy-huquqiy tizim shakllangan boʻlib, ayni paytda mamlakatimiz bu yoʻlda dadil qadam tashlayotgan davlatlardan biri hisoblanadi.
J.Xolmurodov, Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiya masʼul kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶