MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIRLAR OʻQUVChI-YoShLAR FAOLLIGINI OShIRMOQDA
Yurtimizda roʻy berayotgan oʻzgarishlar bizning ruhiyatimizga joʻshqinlik, va qalbimizga iftixor tuygʻusini baxsh etadi. Shu bilan birga zimmamizdagi masʼuliyatni chuqur anglashga, yangi rejalar ustida ishlashga undaydi.
Maktabimizda Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasidagi ishlar har yili jipslik ruhida, barcha yoshdagi oʻquvchilarni qamrab olgan holda, turli koʻrik-tanlovlar, davra suhbatlari, amaliy tadbirlar asosida amalga oshirilayotgani bois, oʻquvchi-yoshlarning faolligi tobora oshib bormoqda.
Oʻtgan oʻquv yilida “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovi avval sinflararo, keyinchalik maktab miqyosida samarali oʻtkazildi. 2020-2021 oʻquv yilini maktabimiz oʻqituvchi va oʻquvchi-yoshlari yanada joʻshqinlik bilan boshladilar. Oʻquvchilarning bilimini charxlashga qaratilgan “Zakovat” intellektual oʻyinlari qatʼiy reja asosida oʻtkazilayotgani bois, oʻquvchilar orasida haqiqiy kitobxonlik muhiti yaratildi. Bugungi kunda maktabimiz oʻquvchilari orasida A.Navoiy, Z.M.Bobur asarlari bilimdonlari safi kun sayin oshib bormoqda. Oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali oʻquvchi-yoshlar qalbida vatanparvarlik, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat tuygʻulari yanada mustahkamlanmoqda.
B.JIYaNOV,
53-sonli maktabning 1-toifali boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶