15-may – Xalqaro oila kuni. OILA – MUQADDAS DARGOH
Kişi umrining asosiy qismi – uning dunyoga kelişi, ösib-ulğayişi, voyaga yetişi, turmuşi oila bilan boğliq bölganligi uçun oilaviy hayot salomatlik bilan bevosita aloqador. Çunki, salomatlikning asoslari oilada va oilaviy muhitda yaratilib, şakllanadi.
Kişi oilasiz yaşaşi mumkin. Lekin, bunday hayot kemtik bölib, heç qaçon tölaqonli bölmaydi. Har qanday oilaning asosi biologik va ijtimoiy qonunlarga borib taqaladi. Oilaning biologik asosi şundan iboratki, har bir jinsda qarama-qarşi jinsga hayotiy zarurat bor. Bu uning nasl-nasabini davom qildiriş uçun zarurdir.
Oilaning ijtimoiy asosi esa şundan iboratki, hayot, turmuş, tabiat qiyinçiliklarining özi kişilarni birlaşişga, birlaşib turib kuraşişga majbur qilgan va hayotda yaşab qolişi uçun zarur bölgan. Xuddi şu birlaşiş insonning hayotini, salomatligini, turmuşining mazmunli va baxtli ötişiga xizmat qilgan. Hozirgi kunda oilaviy hayot kişilar umrini mazmunli ötişiga xizmat qilişi, salomatliklarini mustahkamlab, umrni uzaytiruvçi eng muhim omil ekanligi ham ilmiy, ham hayotiy jihatdan isbotlangan.
Oilada salomatlikka taʼsir etuvçi omillar, jamiyatda kişilar salomatligiga taʼsir qiluvçi omillarning kiçik şakliga öxşaydi. Şuning uçun, oilaning hayoti xamda faoliyati bilan boğliq muammolarni hisobga olgan holda uning aʼzolari salomatligini taʼminlaşda ahamiyatli bölgan talablar bu – oilani töğri va oqilona taşkil qiliş, oilada soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, oilaviy munosabatlarni töğri taşkil etiş hisoblanadi.
Şuningdek, farzand körişga tayyorgarlik köriş, homiladorlik va bu davrning öziga xos talablarini hisobga oliş, dunyoga kelgan çaqaloqni kutib oliş va uning parvarişida böliş hamda şaroitlarini taʼminlaş kabilarga ham alohida ahamiyat beriş kerak.
Undan taşqari, barvaqt va kutilmagan homiladorlikning oldini oliş usullari haqida maʼlumotga ega böliş, abortning oqibatlariii anglaş, oilaviy qöydi-çiqdilarni salomatlik nuqtai-nazaridan hal qiliş, erkaklar va ayollarda uçraşi mumkin bölgan baʼzi bir tanosil kasalliklari haqida tuşunçaga ega böliş, yoş ötişi bilan boğliq bölgan baʼzi bir kasalliklar va fiziologik muammolarni töğri hal qilişni biliş ham foydadan holi bölmaydi.
Oila hayotida muhim ahamiyatga ega bölgan talablar juda köp. Lekin yuqoridagi talablarni töğri hal qilişning özi ham oila va uning har bir aʼzosining salomatligi hamda mazmunli hayotini taʼminlaydi.
T.Saidova, TTB Aholi soğlom turmuş tarzini qöllab quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş markazi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶