SUDDA OʻZIGA ALIMENT TALAB QILGAN OTA FARZANDLARI BILAN YaRAShTIRILDI
Aliment bu ota yoki ona tomonidan voyaga yetmagan farzandlarga toʻlanadigan pul mablagʻlari hisoblanadi. Lekin shunday hollar ham boʻladiki, voyaga yetgan farzandlar alimentni mehnatga layotqatsiz, nafaqa yoshiga yetgan ota-onalar uchun toʻlashadi.
Farzandlar ham ulgʻayganidan soʻng, keksa, mehnatga qobiliyati yoʻq, nafaqa yoshida boʻlgan ota-onalariga gʻamxoʻrlik qilishi, ularga moddiy va manaviy tomonlama koʻmaklashishi lozim. Bu qonuniy mustahkamlab qoʻyilgan.
Afsuski, oramizda shunday farzandlar ham borki, ota-onasi borligini ham, ularning oldidagi burchlarini ham unutib qoʻyishadi. Bunday paytda qonunga muvofiq ota-onalar oʻz taʼminotlari uchun toʻlovlarni sud orqali undirishga majbur boʻlishadi.
Shu yil 26-aprel kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida T. ismli (ismlar oʻzgartirilgan) shaxsning farzandlaridan aliment undirish haqidagi daʼvo arizasi koʻrib chiqildi. Sud jarayonidagi suhbat davomida ota-onalar faqat voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlaridan aliment undirishga haqli ekanligi, qonunga koʻra mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalarni taʼminlash majburiyati bolalarining moddiy ahvolidan qatʼiy nazar soʻzsiz ijro etilishi tushuntirildi. Shuningdek, Konstituttsiyaning 66-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli shaxslarning oʻz ota-onasiga gʻamxoʻrlik qilish majburiyati belgilanganligi, Oila kodeksining 109-moddasida ham xuddi shunday majburiyat belgilab qoʻyilganligi taʼkidlandi.
Undan tashqari, aliment talab qilayotgan otaning olti nafar farzandiga oilaning muqaddas ekanligi, yoshi oʻtgan ota-onaga oʻz navbatida farzandlar ham mehr koʻrsatishlari, oqibatli boʻlishlari kerakligi haqida soʻz yuritildi. Oʻtkazilgan suhbat natijasida ota va uning farzandlarini yarashtirishga erishildi.
Ochiq sud majlisi yakunida tomonlarning yarashganligi munosabati bilan ushbu fuqarolik ishi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddasiga koʻra koʻrmasdan qoldirildi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶