OILAVIY MUNOSABATLAR QONUN BILAN MUSTAHKAMLANADI
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan kundan boshlab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyat qurish yoʻlida oila institutiga alohida eʼtibor berilib, uning huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyildi.
Konstitutsiyaning 63-moddasida oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega ekanligi, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi, 64-moddasida ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur, ekanligi koʻrsatilgan.
1998-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksi bevosita oilaviy munosabatlarni tartibga soladi.
Oila Kodeksining 15-moddasida nikoh yoshi ayollar uchun 17 yosh, erkaklar uchun 18 yosh qilib belgilangan. Kodeksning 16-moddasida nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar belgilab qoʻyilgan.
Qonuniy nikoh er-xotinning oʻzaro ahdlashuvi, ittifoqi sifatida muayyan shartlarga rioya qilinib tuziladi va nikohlanuvchilar oʻrtasida maʼlum huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi.
Oilaviy munosabatlar keng qamrovli boʻlib, ular nafaqat huquq normalari bilan tartibga solinadi, balki oiladagi munosabatlar ham oila qonunchiligida er va xotinning teng huquqliligi asosida mustahkamlab qoʻyilgan boʻlsa-da, ularning oʻzaro munosabatlari koʻproq odob-axloq normalari asosida oʻrnatiladi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶