SAYYoR UChRAShUVLARDA QONUNIY NIKOHDAN OLDINGI TIBBIY KOʻRIKNING AFZALLIKLARI TUShUNTIRILDI
Ayollar sogʻligini muhofaza qilish, sogʻlom oila barpo etish va barkamol avlodni voyaga yetkazish, nikohdan ajralish kabi salbiy holatlarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan ustuvor vazifalardir. Bu borada Amudaryo tuman FHDYo boʻlimi tomonidan aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
12-aprel kuni Bobur nomli ovul va Gulzor mahallalarida tuman FHDYo boʻlimining masʼullari ishtirokida sayyor uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda nikohning huquqiy asosini FHDYo organlarida qonuniy roʻyxatdan oʻtkazilgan nikoh tashkil etishi, qonuniy nikoh maʼlum shartlarga rioya qilinib tuzilishi va nikohlanuvchi shaxslar oʻrtasida huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarishi toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Oila qonunchiligida nikohdan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtishning nikoh tuzish uchun ahamiyati, tibbiy koʻrik holatining nikoh tuzish jarayoniga taʼsiri bugungi kunda dolzarb hisoblanishi toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Oilaga jamiyatning asosi, muhim boʻgʻini sifatida qaralishi, oila faqat shaxsiy masala emas, ijtimoiy muhim masala ekanligi, shu sababli unga eʼtiborsiz munosabatda boʻlish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi keng tushuntirildi.
Sayyor uchrashuv davomida mazkur hududlardagi aholining FHDYo sohasiga oid muammolari oʻrganilib, hal etilishiga koʻmaklashildi. Shu kuni Bobur nomli ovul hududidagi Nukus ovul mahallasida yashovchi fuqaro Nilufar Gulmanovaning 2012-yilda tugʻilgan farzandiga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.
Sayyor uchrashuvda ishtirok etgan fuqarolar oila qonunchiligi, nikohdan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtishning afzalliklari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarga va keng tushunchalarga ega boʻldilar.
Nabira Ungarova, tuman FHDYo boʻlimi ish yurituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶