Qishloq xoʻjaligi
👁 2,215
Hosil hududning oʻzida qayta ishlanadi
Qoraqalpogʻistonlik pillakorlar davlatga hosil topshirish shartnoma rejasini ortigʻi bilan bajardi.
Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotimizning muhim boʻgʻini boʻlgan qishloq xoʻjaligi, jumladan, pillachilik sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani bois tarmoqda yuqori samaradorlikka erishilmoqda.
Joriy yilda hududda 1 ming 452 fermer xoʻjaligida 14 ming quti ipak qurti parvarishlanib, shartnomada belgilangan 810 tonna oʻrniga 820,4 tonna yuqori sifatli pilla topshirildi. Amudaryo, Ellikqalʼa va Kegeyli tumanlari pillakorlari birinchilardan boʻlib shartnoma rejasini bajardi.
– Moʻl hosil yetishtirishda mustahkam ozuqa bazasi yaratilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Pilla” aktsiyadorlik birlashmasi rahbari Bahodir Ernazarov. – Erta bahordan mavjud 2 ming 578 gektar maydondagi tutzorlar, shuningdek, qatorlab ekilgan 2 million 567 ming tup tut daraxti barcha agrotexnik qoidalar asosida oʻz vaqtida oziqlantirildi, qondirib sugʻorilgani tufayli yetarli miqdorda ozuqaga ega boʻldik. Yetishtirilgan hosilning qariyb hammasi oʻzimizda qayta ishlanib, ip-kalava va tayyor mahsulot holida xaridorlarga yetkazib beriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶