AMIR TEMURNI YoD ETIB
9-aprel kuni 35-sonli maktabda Amir Temur bobomizning tavalludiga bagʻishlab “Zakovat” kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirni maktabning tarix fani oʻqituvchilari Shohruh Yoʻldoshboyev va Raʼno Tursunovalar tashkil etishdi.
Zakovat bahslarida 6-“A” va 6-“D” sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Bahslar 3 bosqichda amalga oshirildi. 1-bosqich “Mantiqiy savol-javoblar” va 2-bosqich “Tezkor savol-javob”, 3-bosqich esa krossvord yechishdan iborat boʻldi.
Bahslarda har bir jamoa, hattoki, har bir ishtirokchining biri-biridan chaqqon hamda zukko boʻlishga harakat qilishlari barchani quvontirdi.
Shu kuni maktabning faol oʻquvchilari va maktab kutubxonachisi Gulora opa tomonidan tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan tadbir ham tashkil etildi.
Ikkala tadbirda ham oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Barno SAMANDAROVA, 35-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶