TUMANDA KARANTIN TALABLARI QATʼIY NAZORAT QILINADI
Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika Maxsus komissiyasining shu yil 22-martda tegishli bayoni qabul qilindi. Ushbu bayonda mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, pandemiyaning keyingi toʻlqinlari oldini olish boʻyicha birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar belgilangan.
Joriy yilning mart oyidan aholi, ayniqsa, yosh bolalar oʻrtasida koronavirus infektsiyasini yuqtirib olish holatlari sezilarli darajada ortishi holatlari kuzatilmoqda.
Shunga koʻra, ichki ishlar va sanitariya-epidemiologiya xizmatiga joriy yilning 24-martidan jamoat joylarida, shu jumladan, dehqon bozorlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, savdo majmualarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish boʻyicha sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni koʻchaytirish topshirilgan. Mamlakatda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari ortishi kuzatilayotganligi munosabati bilan joriy yilning 1-aprelidan toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarlarni oʻtkazish 100 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi belgilab qoʻyilgan.
Shunga asosan aholi, tashkilot va muassasalar tomonidan karantin cheklovlariga va sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya etilishi ustidan doimiy reydlar tashkil qilinadi.
Joriy yilning 1-aprelidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida, jumladan tumanda ham teatr, kino va kontsert-tomosha dasturlari ushbu tadbirlarni tashkil etishning asosiy talablariga amal qilingan holda oʻtkaziladi.
Jamoaviy ibodatlarni amalga oshirishda 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarning kunlik diniy tadbirlarni imkon qadar uy sharoitida amalga oshirishlari tavsiya etiladi. Shuningdek, diniy muassasalardagi jamoaviy ibodatlar ham tashrif buyuruvchilar niqobda boʻlgan holda, qatʼiy sanitariya-gigiyena qoidalari asosida amalga oshirilishi talab qilinadi.
D.Babajanov, tuman SEO va JSB
Sanitariya-gigiyena boʻlimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶