25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 09:05
Jamiyat 👁 226

ADOLATNI TUGʻ QILIB OʻTGAN BUYuK AMIR TEMUR

ADOLATNI TUGʻ QILIB OʻTGAN BUYuK AMIR TEMUR

Amir Temur Kesh viloyatidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻida, 1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obroʻli beka (bek ogʻo)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Taragʻay barlos urugʻining oqsoqollaridan boʻlib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida oʻz mulklariga ega boʻlgan va bu yurtda hokimlik qilgan. Yosh Temurni yetti yoshidayoq madrasaga oʻqishga beradilar. U madrasaga kelganda alifbodan mukammal xabardor boʻlgan.

Amir Temur  oʻn ikki yoshidan boshlab, bolalarga xos boʻlgan ermak oʻyinlardan voz kechib, oʻz tengqurlari bilan sipohiylikka oid oʻyinlar bilan shugʻullanadi.

Amir Temur bilan yuzma-yuz oʻtirib suhbatlashishga muyassar boʻlgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldunning taʼkidlashicha, Amir Temur turk, arab, fors xalqlari tarixini chuqur oʻrgangan, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning eng murakkab jihatlarigacha yaxshi oʻzlashtira olgan zot edi. Amir Temur Chigʻatoy xonlaridan Qazogʻonning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Ogʻoga uylanishi tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi Amir Husayn oʻrtasida ittifoq yuzaga keladi.

Amir Temur siyosiy kurash maydoniga kirib keldi va oʻzining bu xatti-harakatini aholini moʻgʻullar tomonidan talon-taroj etilishdan himoya qilishning yagona yoʻli – puxta oʻylangan reja – 100 ming kishilik qoʻshindan kuchli deb, izohladi.

Moʻgʻullar xoni Ilyosxoʻja va Amir Temur oʻrtasidagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz oʻrtasidagi Chirchiq daryosi boʻyida sodir boʻladi. Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Chunki oʻsha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan.

Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi. Amir Temur oʻlimidan biroz avval oʻzi tuzgan davlatning hududlarini oʻgʻil va nabiralari orasida taqsimlaydi: Xuroson, Jurjon, Mazondaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruhga, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, yaʼni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afgʻoniston va Shimoliy Hindiston (markazi Gʻazna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurgʻol qilib berilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan boʻlib qoʻshinga oʻtochar qurol – toʻpni olib kirgan.

Rossiya tarixchilari B.Grekov va A.Yakubovskiylarning taʼkidlashicha, Amir Temurning tarixiy va zafarli yurishlari faqat Oʻrta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham katta ahamiyat kasb etgan edi. Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy sanʼati va davlat boshqarish uslubiga bagʻishlangan maxsus asar yaratilib, u “Temur tuzuklari” nomi ostida shuhrat topadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalari faoliyatining tartibi – tutumi va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Amir Temurning “... davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim”, “Kuch – adolatdadur”, degan soʻzlari uning mamlakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi.

Azamat NORIMBATOV, 30-sonli maktabning tarix fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026