QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTsIYaSI KUNIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Şu yil 8-aprel kuni tumanimizdagi 56-sonli maktabda Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.
Tadbirda tuman prokurori Javlonbek Mutfullayev, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, Adliya bölimi boş maslahatçisi Jamşid Bekimbetov, Fuqarolik sudi raisi Qayrulla Atamuradov, "Madad" huquqiy maslahat byurosi boş mutaxassisi Nilufar Jumaniyozova, Xalq talimi bölimi huquqşunosi Baxrom Sobirovlar iştirok etdilar.
Sud-huquq sohasi masʼullari tadbirda öquvçilarga Konstitutsiyaning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egaligi, Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining Konstitutsiyalari böyiça batafsil maʼlumotlar berdi. Dastlab, tuman Adliya bölimi boş maslahatçisi Jamşid Bekimbetov sözga çiqib, öquvçilarga Konstitutsiyaning qabul qiliniş tarixi haqida maʼlumotlar berib ötdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oliy Kengaşi tomonidan 1993-yil 9-aprelda qabul qilinganini, uşbu Konstitutsiyada Qoraqalpoğiston Respublikasi xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti ğoyalariga sodiqligini tantanali ravişda eʼlon qilinganini aytib ötdi. Undan taşqari, Konstitutsiyani qabul qilişdan hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatni anglagan holda, Qoraqalpoğiston davlatçiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilgani, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot keçirişlarini taʼminlaş, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etiş kabi maqsadlar közlanganiga keng töxtaldi.
Tuman prokurori Javlonbek Mutfullayev ham tadbirda sözga çiqib, yoşlarga huquqbuzarliklar profilaktikasidan közlangan maqsadlarni tuşuntirib berdi. Öquvçilarni ijtimoy tarmoqlarga behuda kirmaslikka çaqirdi.
«Yoşlar daftari»da röyxatda turgan yoşlar muammolarini hal etiş borasida olib borilayotgan çora-tadbirlar töğrisida ham töxtalib ötdi. Xususan yoşlar daftariga kimlar kiritilişi va unga kiritilganlarning muammolari qay tarzda yeçilişi haqida keng tuşunça berdi.
Şundan söng, Fuqarolik sudi raisi Qayrulla Atamuradov öquvçilarga sud-huquq sohasidagi islohotlar, körilayotgan sud işlari böyiça tuşunçalar berib, oçiq sudlar jarayonini kuzatiş mumkinligini, xohlovçilar borib, sudda qatnaşiş huquqiga ega ekanliklarini maʼlum qildi.
Tadbir sönggida yoşlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi hamda fikrlari, takliflari örganildi. Yoşlarning kelajakda öz maqsadlariga erişişi uçun maslahat va motivatsiyalar berildi.
Komronbek Kamolov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶