19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 04:09
Jamiyat 👁 251

XONADONLARGA ZAMONAVIY VA QULAY, “AQLLI” GAZ HISOBLAGIChLAR OʻRNATILADI

XONADONLARGA ZAMONAVIY VA QULAY, “AQLLI” GAZ HISOBLAGIChLAR OʻRNATILADI

Prezidentimizning 2017-yil 13-noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2019-yil 9-iyulda qabul qilingan “Iqtisodiyot va aholini energiya manbalari bilan barqaror taʼminlash, neft va gaz sanoatini boshqari tizimini moliyaviy sogʻlomlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlarida aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga tabiiy gaz yetkazib berish barqarorligini taʼminlash va oʻzaro toʻlovlarni tartibga solish, unga ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish vazifalari belgilangan.
“Hududgaztaʼminot” korxonasi tomonidan ushbu Qaror va “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori ijrosi taʼminlash maqsadida “Texnopark” MChJ bilan elektron tabiiy gaz hisobini yuritish uskunalarini yetkazib berish va oʻrnatish boʻyicha shartnoma tuzildi.
Qarorda tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini “ishlab chiqarish – gaz taqsimlash stantsiyasi – tuman, shahar chegarasi – yirik uchastkalar kirish qismi – isteʼmolchi” printsipi asosida butun tarmoq boʻyicha joriy qilish koʻzda tutilmoqda. Endilikda har bir hududda hisoblagich va boshqa uskunalarni taʼminlash, ularga servis xizmatini koʻrsatish shoxobchalari tashkil qilinadi.
Shuningdek, mazkur qarorlarda barcha toifadagi isteʼmolchilar uchun zamonaviy – “aqlli” gaz hisoblagichlarining oʻrnatilishi majburiyligi belgilangan. Ushbu tizim gaz isteʼmoli va hisobga olishni nazorat qilish, maʼlumotlarni yigʻish uchun yagona boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish, gaz taʼminotchisi va energiya kompleksining bir qator tuzilmalaridagi moliyaviy yoʻqotishlarining oldini olish, aholi orasida isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun debitor qarzdorlikni kamaytirish imkonini yaratadi.
Tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etish orqali qarzdorlik bilan bogʻliq muammo va uzilishlarning oldi olinishi bilan birga yoʻqotishlar hamda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari toʻgʻrisida taʼminotchi vaqtida ogohlantirilishiga erishiladi. “Aqlli” hisoblagichlar isteʼmolchining yoqilgʻi sarfini yuqori aniqlik bilan oʻlchab, real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatadi.
“Aqlli” hisoblagichlarning isteʼmolchilar uchun qulayligi esa gaz quvuridagi tabiiy gaz haroratining oʻzgarishini oʻlchash natijasida tabiiy gaz sarfi hisobidagi mavhum holatlarning  oldini olishga xizmat qiladi. Ularni oʻrnatish bilan bogʻliq  barcha ishlar “Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur jarayon oʻz ichiga gaz hisoblagichlarini oʻrnatish, maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va uzatish, aloqa liniyalarini yotqizishi hamda zarur telekommunikatsiya moslamalarini oʻrnatish kabilarni qamrab oladi. Bir soʻz bilan aytganda, zamonaviy uskunalar aholi isteʼmolchilariga bepul oʻrnatiladi. Hisoblagichni quvvatlantirish uchun faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan talablarga javob beruvchi maxsus batareyalardan foydalanish talab etiladi.
Hisoblagichlar birinchi navbatda aholining tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarga oʻrnatiladi. Shuningdek, aholi yashash punktlarida barcha isteʼmolchilarning hamda yirik uchastkalar kirish qismidagi hisoblagichlarni bir vaqtning oʻzida oʻrnatish, tizimga ulash hamda tarmoqdagi yoʻqotishlarni bartaraf etish boʻyicha ishlar tashkillashtiriladi.
Hisoblagichni oʻrnatish, yechish hamda profilaktik tekshirishga faqat gaz tarmoqlari operatorlari yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning bunday ishlarni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan xodimlariga ijozat beriladi. Bu kabi tadbirlar hisoblagich oʻrnatilgan gaz quvurida gaz bosimi  boʻlmaganda amalga oshiriladi. Meʼyoriy hujjatlarda hisoblagichlarni tegishli tashkilot xodimining toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat tadbirlarini olib borishi uchun xonadonlarning kirish qismlariga belgilangan balandlikda oʻrnatilishi kerakligi aytilgan.
Ushbu loyihani tadbiq etish asosida Amudaryo tumanida jami 13210 xonadonga OSTEN G-2,5, G-4, G-6, G-10 markali zamonaviy elektron gaz hisoblagich oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Shundan koʻp qavatli uylarga 564 dona, hovli uylarga 12646 dona oʻrnatiladi. Ushbu zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar 2 bosqichli va 3 bosqichli tizim asosida oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlib, 2 bosqichli tizim asosida hovli uylarga OSTEN G-4 markali zamonaviy elektron gaz hisoblagichdan 4188 dona, OSTEN G-6 markali zamonaviy elektron gaz hisoblagichdan 1434 dona, OSTEN G-10 markali zamonaviy elektron gaz hisoblagichdan 6 dona oʻrnatilishi kerak. Shuningdek, 3 bosqichli tizim asosida koʻp qavatli uylarga OSTEN G-2,5 markali zamonaviy elektron gaz hisoblagich 564 dona, hovli uylarga OSTEN G-4 markali zamonaviy elektron gaz hisoblagich 4951 dona, OSTEN G-6 markali zamonaviy elektron gaz hisoblagich 2063 dona, OSTEN G-10 markali zamonaviy elektron gaz hisoblagich 4 dona oʻrnatiladi.
Tuman hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinilari kesimida jami 2020-2021-yillarda 13167 dona, shundan 2 bosqichli tizimga 5628 dona gaz hisoblagich oʻrnatish, 3 bosqichli tizimga 7582 dona gaz hisoblagich oʻrnatish, yillar kesimida 2020-yilda 2 bosqichli tizimga 2345 dona, 3 bosqichli tizimga 4896 dona oʻrnatilishi belgilangan.
Bugungi kunda tuman boʻyicha jami 13210 xonadonga elektron gaz hisoblagich oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlib, shu paytgacha 582 xonadonga yangi zamonaviy elektron gaz hisoblagich oʻrnatildi.

J.YeRMETOV, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026