25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 09:25
Jamiyat 👁 162

“MILLIY QADRIYaTLARIMIZNI MUSTAHKAMLASh HAFTALIGI”DA DEPUTAT SAYLOVChILAR BILAN UChRAShDI

“MILLIY QADRIYaTLARIMIZNI MUSTAHKAMLASh HAFTALIGI”DA DEPUTAT SAYLOVChILAR BILAN UChRAShDI

Navroʻz bayramining ahamiyatini, bobomeros qadriyatlarimizning xalqimizni bir-biriga yanada jipslashtiruvchi qudratini amalda namoyon etish maqsadida mamlakatimizda 22-28-mart kunlari “Milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash haftaligi” tadbirlari oʻtkazilmoqda. Mazkur haftalik doirasida mahalliy Kengash deputatlarining oʻz hududlariga chiqishlari, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning ahvolidan xabar olish, ularning muammolarini tinglash, aholini oʻtkazilayotgan islohotlar va istiqboldagi rejalar bilan tanishtirish va xabardor qilish belgilangan edi.

Shu kunlarda tumanimizdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlarning oʻz saylovchilari bilan haftalik doirasidagi uchrashuvlari, dildan, samimiy muloqotlari boʻlib oʻtmoqda.

32-Qilichboy saylov okrugidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati S. Xoʻjamurotova Yuqori qishloq mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 8-sonli maktab jamoasi va  Boʻz solma mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 70-sonli maktab jamoalari bilan uchrashdi. Deputat oʻz saylovchilariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tumanimizda, shuningdek, okrug hududida rejalashtirilayotgan  istiqbolli loyihalar toʻgʻrisida hamda deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilayotgan ishlari haqida gapirib berdi. Shu bilan birga S.Xoʻjamuratova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik-milliy gʻoyamizning poydevoridir" risolasi asosida milliy va maʼnaviy qadriyatlarimiz, maʼnaviy hayotimizdagi yutuqlar va qusurlar, ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar tarbiyasiga taʼsiri kabi masalalarga batafsil toʻxtaldi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan bolalar bogʻchasi filialini taʼmirlash, hududdagi bogʻcha yoshidagi bolalarni MTTlarga qamrab olish koʻrsatkichini oshirish, ichki yoʻllarni taʼmirlash, shagʻal toʻshash, turar joylarni taʼmirlab berish kabi aholi hayotiga oid muammolar deputat tomonidan eʼtiborga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi bilan chiqish boʻyicha fikrlar bildirildi va 10 nafar muhtoj oilalarga  oziq-ovqat mahsulotlari, 4 nafar oʻqituvchi, 4 nafar texnik xodim, 4 nafar mahalla faollariga sovgʻalar berildi.

“Milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash haftaligi” doirasida boʻlib oʻtgan deputat va saylovchilar vakillari, 8-sonli hamda 70-sonli umumtaʼlim maktablari mehnat jamoalari bilan uchrashuvda Adolat satsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Mansur Oʻrozboyev ham ishtirok etib, 32-Qilichboy saylov okrugidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamurotovaning oʻz hududiga chiqqan holda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” roʻyxatlariga kiritilgan fuqarolar va ularning turmush tarzlarini oʻrganish borasidagi saʼy-harakatlari, aholi muammolarini hal etishga qaratilgan deputatlik soʻrovlari boʻyicha aniq reja asosida amalga oshirayotgan ishlarining natijadorligi xususida toʻxtalib oʻtdi.

Uchrashuvda hudud aholisi tomonidan tushgan murojaatlarni deputat S.Xoʻjamurotova alohida qayd etib, ularni ijobiy hal etish boʻyicha masʼul tashkilotlarga deputatlik  soʻrovi bilan kirishini va albatta, barcha murojaatlar boʻyicha tizimli ishlar olib borajagini bildirdi. Shu bilan birga, aholidan tushgan savollarga ham batafsil javob berdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026