OChIQ SAYYoR SUDDA TRANSPORT HODISASIGA DOIR ISh KOʻRILDI
Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud oʻtkazildi. Sayyor sudda sud masʼullari, tuman prokurori yordamchisi A.Niyazimbetov hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
Sud davomida dastlabki tergov organi tomonidan ayblanuvchining oʻz nomida boʻlmagan avtotransport vositasida tuman hududidagi yoʻllardan birida harakatlanayotganida piyoda fuqaroni urib yuborib, yoʻl-transport hodisasini sodir qilganligi aniqlanganligi, natijada jabrlanuvchi tan jarohatini olganligi, shifoxonada tibbiy yordam koʻrsatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Sudda gumon qilinuvchi tomonidan sodir etilgan ushbu jinoyat Oʻzbekiston Respublikasi JKning 15-moddasi 2-qismiga muvofiq ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar turkumiga kirishi maʼlum qilindi. Shunga koʻra, sud tomonidan mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi nazarda tutilganligi inobatga olindi.
Sud hukmiga muvofiq ushbu jinoyat ishi taraflarning yarashilganligi munosabati bilan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan harakatdan tugatildi.
Elyor Jumaniyozov, Jinoyat ishlari boʻyicha
Amudaryo tuman sudi sudya yordamchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶