“Şişa içidagi ayron, içingga kirsa şayton”...
Inson öziga berilgan hayot deb atalmiş bebaho neʼmatning qadriga hamişa ham yetavermaydi. Boşingga kulfat yoki qiyinçilik tuşsa-yu uni yengib ötişda töğri yöldan köra şayton vasvasasi töriga tuşib, aroqga röju qöysang bu ikki karra kulfat, fojia.
2020-yilning 2-may kuni Taxiatoş tumani “Döstlik” mahallasidagi 4 nafar qöşni jöraning maişatbozligi jinoyat bilan yakun topadi. Aniqroq, Taxiyatoş tumani “Döstlik” mahallasida istiqomat qiluvçi 1967-yilda tuğilgan B.K qöşnisi T.Sga bir kun oldin maoş olib bayram qilgani, bugun ham uni davom ettiriş taklifini bildiradi. Yoniga yana ikkita qöşnisi J.S hamda M.B larni ham taklif qilib, törttala jöra dastlab 2 şişa, yana ozroq yetmay bir şişa aroq olib, maişatni qizdiradi.
Ötgan kunlarni eslab, yaxşi xotiralar haqida gurunglaşib ötirgan “axil qöşni”larning kayfi ham oşib, öz nuqtasiga yetib bölgandi. Şunda kutilmaganda aroq taʼsirida kayfi oşib, özining bosar tusarini bilmay qolgan B.K oşxona piçoği bilan qöşnisi T.S ga taşlanib, böğzidan oladi. Atrofidagi bölayotgan voqealarni hali töliq anglab ulgurmagan şirakayf J.S hamda M.B lar B.Kning ularga ham tajovuz qilişini kutmagandi. B.K qölidagi “sovuq qurol” bilan birdaniga T.S, J.S va M.Blarga ham taşlanib qoladi. Jon talvasasidagi T.S ning holatini körib “şok”ga tuşgan J.S va M.B özlariga piçoq bilan tajovuz qilayotgan B.K ga qanday qarşilik körsatişni, yoki yonidagi hayot uçun kuraşayotgan T.S ga yordam berişni bilmay arosatda qoladi. Oradan köp vaqt ötmasdan 3 nafar qöşnisiga piçoq bilan tajovuz qilgan B.K uyidan çiqib ketadi. Bölgan voqeani anglab yetganda esa qöşnisi T.S bu olamni tark etgan, yana ikki nafar qöşnisi oğir tan jarohatini olgan edi.
Uşbu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining hukmi bilan fuqaro B.Kga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Şuni aytsa kerak, “şişa içidagi ayron, içingga kirsa şayton”.
Asqar Bekmanov Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶