16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:20
Jamiyat 👁 432

ShIShADA ChOʻKAYoTGAN UMR

ShIShADA ChOʻKAYoTGAN UMR

“Toʻxtatishim kerak”, “Bugun toʻxtataman”, “Endi toʻxtatolmayman!..” Baʼzan mana shunday siltovlar bilan ichkilikka zoye boʻlayotgan umrlarni kuzata turib, oʻsha narsani yaratgan olim nima uchun oʻzini oʻldirganiga javob topganday boʻlaman.

Sogʻlom turmush tarziga rahna solayotgan, millionlab oilalarni buzib, ayrim gumrohlarning hayotiga zomin boʻlayotgan spirtli ichimlik afsuski, hayotimizdan tobora koʻproq oʻrin olayapti. Biz sogʻlom turmush tarzini qanday yaratish kerakligi va uning ahamiyati haqida ozmi-koʻpmi bilamiz. Bu yoʻnalishda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ham xabardormiz. Biroq ichkilikka ruju qoʻyish muammoning ildizi ekanligi haqida oʻylab koʻrmaymiz.

Bir narsa aniqki, hech bir inson onasining qornidan piyonista boʻlib tugʻilmaydi. Kimlardir toʻqlikdan, kimlardir yoʻqlikdan, ayrimlar esa, qandaydir dard yoki tashvishni unutib, kayf ummoniga gʻarq boʻlish uchun qadah koʻtaradi. Va alal-oqibat qadahlar shishalarga ulanib, qadah tutuvchi oʻsha “ummon”ga choʻkib gʻarq boʻladi. Agar ichkilik insonni gʻam-alamdan forigʻ etib, muammolarini hal etganida edi, bu dunyoda baxtsiz inson boʻlmagan boʻlardi. Alkogolizm kasalligining kelib chiqish sabablariga toʻxtalar ekanmiz, uning oqibatlari, soʻnggi manzili qayergacha borishini ham aytib oʻtish zarur.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyo miqyosdagi alkogol statistikasi boʻyicha har besh yilda bir marta ushbu muammoni keng tadqiq qiladi. Bu mavzu boʻyicha soʻnggi tahliliy hisobot 2014-yilda nashr etilgan. Statistika shunday deydi: alkogolizm umumiy qabul qilingan fikrlarga koʻra, maqomi, maʼlumoti va daromadi past boʻlgan ijtimoiy guruhlarga xosdir. Har yili dunyoda oʻrtacha hisobda oʻlimning 4 foizi spirtli ichimliklarni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish natijasida sodir boʻladi. Bu 2,5 mln. kishiga toʻgʻri keladi.

Baxtsiz hodisalar-29,6 foiz, onkologik kasalliklar-21,6 foiz, jigar tsirrozi-16,6 foiz, yurak qon-tomir kasalliklari-14 foiz, boshqa sabablar-18,2 foiz.

Alkogolli ichimliklar taʼsirida turli xil jinoyatlar sodir etiladi. Spirtli ichimliklarga qaram boʻlgan ota-onalardan koʻpincha nosogʻlom nasllar tugʻiladi. Ota-onalar ichkilikbozligining tarbiyaviy taʼsiri bolalar uchun juda salbiy va oilaning moddiy taʼminoti uchun ham zarardir. Ayniqsa, bu illat jamiyatning ravnaqiga salbiy taʼsir qiladi. Shukurki, biz ichkilikka mukkasidan ketgan xalq emasmiz. Bu, albatta, bizning milliy mentalitetimiz va insonparvarlik deb nomlangan ezgu fazilatlarimiz mevasi. Qadriyatlarimizda halol va harom degan tushunchalar chegarasi aniq belgilangan.  Biroq afsuski, guruch kurmaksiz boʻlmagani kabi, oramizda Xudoga iltijo qabilidagi duosifat soʻzlardan foydalanib, qadah soʻzlari aytguvchilar, davralarda qadah tutgancha “Alloh uzoq umr bersin”, “sogʻliging uchun olamiz” deya tilak bildirguvchilar ham yoʻq emas. Naqadar maʼnaviyatsizlik: Spirtli ichimlikni isteʼmol qilib turib, mustahkam salomatlik tilash... 

Ming shukronalar boʻlsinki, JSSTning alkogol ichimliklar isteʼmoli borasidagi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston eng oxirgi oʻrinlarning birini egallaydi. Biroq bu muammoga toʻlaligicha barham berildi, degani emas. Zero, yon-atrofimizdagi  spirtli ichimlikka mukkasidan ketgan doʻstimizni, yaqinimizni toʻgʻri  yoʻlga, toʻgʻri hayotga qaytishiga koʻmaklashmas ekanmiz, jinoyatchilik, turli pastkashliklar bolalayveradi. Tibbiyot dalolat berishicha, spirtli ichimliklardan voz kechish mumkin. Buning asosiy sharti – shifokor tavsiyalaridan foydalanib, boʻsh vaqtning aniq jadvalini tuzish, spirtli ichimlik dozasini kamaytirish va asta-sekin nolga olib kelish zarur. Eng muhimi, ogʻir psixologik vaziyatlarda tushkunlikka tushmaslik lozim.

Ha, niyating – yoʻldoshing, deydi xalqimiz. Agar insonda eng avvalo sogʻlom, elda obroʻ-eʼtiborli boʻlib yashash, yaxshi ishlar qilish niyati boʻlsa, u hech qachon yoʻlidan adashmaydi, shishaga gʻarq boʻlmaydi.

Aziza MADRAHIMOVA,

QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026