Aholini röyxatga oliş tartibi, mohiyati va uning istiqbollari
Har qanday davlatning tarixi – bu, birinçi navbatda, unda yaşaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida öz ifodasini topadi. Aholi soni böyiça aniq va yaxlit maʼlumotlar aholini röyxatga oliş asosida olinadi.
Aholini röyxatga oliş yakunlariga qarab ötmiş va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritiş hamda kelajakni prognoz qiliş mumkin böladi.
Qator holatlarda aholini röyxatga oliş – aholining yoşi, jinsi, milliy tarkibi, maʼlumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boşqa tavsiflari haqida maʼlumotlar olişning yagona manbai bölib xizmat qiladi.
Aholini röyxatga oliş – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni oliş imkonini beruvçi umumdavlat miqyosidagi keng kölamli tadbir bölib, aholi töğrisidagi işonçli axborot manbai hisoblanadi.
Aholini röyxatga oliş qaçondan ötkazila boşlangan?
Aholini dastlabki röyxatga oliş qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda ötkazilgan. Lekin, bu aholi röyxatlarining maqsadi aholidan soliq yiğiş, yaʼni boj oliş hamda harbiy maqsad uçun aholi sonini aniqlaş bölgan. Şuning uçun ham, bu aholi röyxatlarida asosan yerkaklar röyxatga olingan. Çunki, u paytlarda yerkaklarning iqtisodiy örni yuqori bölgan, soliq tölaşda faqat yerkaklar, yaʼni oila boşliqlari qatnaşgan.
Aholini yeng birinçi rasmiy röyxatga oliş 1790-yilda AQŞda, keyinçalik 1800-yilda Şvetsiya va Finlyandiyada, 1801-yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada ötkazilgan. Ammo, bu aholi röyxatlari juda oddiy şaklda hamda uzoq muddatga çözilgan. Masalan, birinçi AQŞda aholini röyxatga oliş işlari 18 oy davomida olib borilgan.
XIX asrga kelib, aholini röyxatga oliş juda kengaydi. Qator Yevropa mamlakatlarida statistika taşkilotlari tuzildi. Aholini röyxatga oliş ilmiy dasturlar asosida olib borilişi yölga qöyildi. Xususan, 1870-1879-yillarda dunyoning 48 ta, 1890-yillarda yesa 57 ta davlatida aholi röyxati ötkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi röyxatga olingan bölsa, XX asr boşida 54 foiz aholi röyxatdan ötkazilgan.
Ikkinçi jahon uruşidan keyin, aholini röyxatga oliş tizimi yanada takomillaştirildi. 1945-1954-yillarda – 151 ta davlatda, 1965-1974-yillarda – 179 ta davlatda aholi röyxati ötkazilgan. Hozirgi paytda, dunyodagi deyarli barça davlatlarda aholini röyxatga oliş işlari olib borilmoqda.
Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini örganişda mamlakat hududida ötkazilgan aholi röyxati maʼlumotlari muhim ahamiyat kasb yetadi. Manbalarda keltirilişiça, Özbekiston hududida dastlabki aholi röyxati 1897-yilda ötkazilgan bölib, uşbu röyxat maʼlumotlari XIX asr oxirida Özbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoşi va jinsi, yetnik tarkibi, tuğiliş, ölim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilişga yordam bergan. Özbekiston hududida keyinçalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989-yillarda aholini röyxatga oliş işlari taşkil etilgan.
H.Haytimbetov, Amudaryo tumani Statistika bölimi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶