25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 11:06
Jamiyat 👁 218

JUMURTOV ShAHARChASI OBOD MASKANGA AYLANMOQDA

JUMURTOV ShAHARChASI OBOD  MASKANGA AYLANMOQDA

“Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Jumurtov shaharchasida ham keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni kunlarda ushbu maskanda qurilish va taʼmirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

17-fevral kuni tumanning eng chekka hududi boʻlgan ushbu shaharchada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, duch kelayotgan muammolarni oʻrganib, bartaraf etilishiga koʻmaklashish maqsadida Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi boshligʻi Erkin Rajabov, tuman hokimi oʻrinbosari Jasur Norimov, 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganovlar tashrif buyurdi. 

Jumurtov shaharchasida joylashgan ijtimoiy soha obʼektlari holatini yaxshilash maqsadida rejaga koʻra, hududdagi 43-, 63-, 72-sonli maktablar va shu maktab filiali binolarida mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ehtiyojga koʻra yangidan maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi quriladi.

Shuningdek, shaharcha fuqarolar yigʻinining maʼmuriy binosida taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Hududdagi infratuzilma obʼektlari holatini yaxshilash maqsadida esa avtomobil va ichki koʻcha yoʻllarida ham taʼmirlash ishlari bajariladi. Dastur doirasida shaharchada 5,35 km. uzunlikdagi ichki koʻcha yoʻllari hamda shaharchaga olib keluvchi asosiy 4r160 “Kuyuk koʻpir ovuli – Jumurtov karʼeri” avtomobil yoʻllari taʼmirlanadi.

Shuningdek, ushbu avtomobil yoʻllari boʻyiga 20 ta tungi koʻcha yoritish chiroqlarini oʻrnatish, 44 ta tayanch ustunlarini rekonstruktsiya qilish, 19,3 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini, 5 ta transformator punktlarini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Aholiga toza ichimlik suvini yetkazib berish maqsadida hududga yangidan 2 ta suv tarqatish shoxobchasi quriladi. Shaharcha hududidagi yakka tartibdagi turar joylar holatini yaxshilash maqsadida 38 ta uyning tom qismi taʼmirlanadi, 120 ta uyning fasad qismi, 14 ta uyning darvozasi qayta tuzatiladi. Shuningdek, 20 ta toʻsiq devorlar yangidan qurilib, 20 tasida taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

Undan tashqari, shaharcha hududini obodonlashtirish, yanada fayzli maskanga aylantirish maqsadida manzarali va mevali daraxtlar, turli gullar koʻchatlari ekiladi. Mavjud daraxtlarga shakl berilib, hudud qiyofasi tubdan oʻzgartiriladi.

Aholining yashash sharoitini yaxshilash, qulaylik yaratish maqsadida hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga ham eʼtibor qaratiladi. Dastur doirasida shaharchada 4 ta savdo majmuasi tashkil qilinib, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, kundalik roʻzgʻorda zarur boʻladigan mahsulotlarni arzon narxlarda shu yerdan xarid qilishlariga imkon yaratish moʻljallanmoqda.

Shaharchaga tashrif buyurgan masʼullar hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Har bir obʼektda bajarilayotgan qurilish, taʼmirlash ishlarini yaqindan oʻrgandilar. Mavjud va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berib, hal etilishiga koʻmaklashdilar.

Ayni kunlarda Jumurtov shaharchasi aholisining kayfiyati baland. Shaharchaning obod goʻshaga aylanayotganidan mamnun boʻlgan holda har biri oʻz xonadoni, oʻz mahallasida koʻtarinki ruh bilan obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda. Shu maskanning yanada farovon, goʻzal qiyofa kasb etishiga imkon boricha hissa qoʻshishga harakat qilishmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026