Jamiyat
👁 127
FAVQULODDA VAZIYaTLAR BOʻLIMI OGOHLANTIRADI
Hurmatli fuqarolar, Oʻzgidrometeorologiya xizmatining bergan maʼlumotiga qaraganda 2021-yilning 23-27-fevral kunlari oraligʻida havo harorati tunda 17-22 gradusga qadar pasayib, 23-25-fevral kunlari
20-22 metr sekund tezlikda kuchli shamol esishi kutilmoqda.
Shu sababli xavfsizlik qoidalariga amal qiling. Qurigan daraxtlar, mahkamlanmagan har xil konstruktsiyalar yonida harakatlanganda ehtiyot boʻling, iloji boʻlsa bunday joylarda avtotransport vositalaringizni qoldirmang. Isitish qozonxonalarining (kotyol) haddan tashqari qizib ketishiga yoʻl qoʻymang. Is gazidan zaharlanishning oldini oling. Umringiz, sogʻlik-salomatligingiz va mol-mulkingizning xavfsizligiga eʼtiborsiz boʻlmang!!!
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶