BIR DAQIQA QADRI
(Qatra)
Bir daqiqa qadri. Bir daqiqa. Bu söz qisqa bölsa ham keng qamrovga ega. Insonning tuğilişi va ölim. Öylab qaralsa, mana şularning hammasi bir daqiqada sodir böladi.
...1991-yil 1-sentyabr, soat 23:58:07-soniya ötdi. Aynan şu daqiqalarda Sunnatovlar oilasida katta quvonç. Közlarida yoş. Dillarida şukronalik hissi. Buning sababçisi oilaga qöşilgan yangi mehmon, yaʼni çaqaloq. U aynan şu bugun, şu yil, uşbu sanada tuğildi! Özbekiston Respublikasi mustaqil bölgan kunda dunyoga kelgan gödakka Rahmatjon deb ism qöyişdi.
Umrlar daqiqalarga qöşilib, yugurgança davom etadi. Har daqiqa sayin yangi taqdir yaralib, boşqasi nihoyaga yetadi.
Ajoyib yoz kunlarining birida yana bir göşadagi baxtli oilaning baxtiyor qizçasi Muslima onasi bilan buvisinikiga ketayotgan edi. Atrof gözal va xuşmanzara. Yöllar tekis va ravon. Muslima tinmay onasiga savollar beradi... U nima, nimaga bunday kabi savollarining oxiri yöqdek göyo...
Onasi yöl çetidagi svetoforga qaradi. Uning yaşil çiroği yonib turardi. Muslima bilan onasi narigi tarafga ötiş uçun yölga yaqin kelişdi. Şu ondayoq qizil çiroq yondi va ular töxtaşdi.
Yaşil çiroqqa bir köz taşlab, şoşganiça ötib ketgan Rahmatjon esa yöl örtasida qoldi! Svetoforda qizil çiroq. Şu payt maşinalarning qattiq signali va qattiq çinqiriq eşitildi!!!
Ha, bu Rahmatjon edi. Unga yölni kesib ötiş uçun atigi bir neça daqiqa yetmadi xolos! Muslima va onasi esa bölgan hodisadan sarosimaga tuşib, yölida davom etişdi.
Inson Alloh taʼolodan inʼom etilgan umrning har bir kuni, har bir daqiqasi, har bir soniyasining qadriga yetib yaşamoği kerak. Umr bu – vaqt! Vaqt esa daqiqadan iborat. Daqiqa esa soniyadir! Umrning har bir kuni, daqiqasi va soniyasining qadriga yetib yaşamoq kerak.
Muyassarxon Yodgorova, QMU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶