SAYYoR SUDDA MUKADDAM SUDLANGAN 4 NAFAR FUQAROGA MAʼMURIY NAZORAT ÖRNATILDI
Xolimbeg ovulidagi Ayoqçi mahallasida Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan oçiq sayyor sud ötkazildi.
Şu yil 4-fevral kuni Ayoqçi mahallasi fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida ötkazilgan uşbu sud majlisida muqaddam oğir va öta oğir jinoyat sodir qilgan 4 nafar şaxs ustidan maʼmuriy nazorat örnatişga doir iş körib çiqildi. Tuman IIB tomonidan berilgan taqdimnomalarga asosan ötkazilgan sud işida Jinoyat işlari böyiça tuman sudi, tuman IIB, prokuratura hamda fuqarolar yiğini masʼullari iştirok etdilar.
Sudda uşbu fuqarolar muqaddam jinoyat sodir qilib sudlanganligi hamda ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötab çiqqanligi, endilikda ularning turmuş tarzi va xulq atvorini nazorat qiliş, qayta jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir qilişiga yöl qöymaslik maqsadida belgilangan muddatga maʼmuriy nazorat örnatildi. Ularga belgilangan vaqtgaça yaşaş uyidan çiqmaslik, spirtli içimliklar qöyib sotiladigan joylarda bölmaslik, tuman Içki işlar bölimining ruxsatisiz tuman hududidan çiqib ketmaslik, alkogolli içimliklar isteʼmol qilmaslik kabi çeklovlarga amal qiliş kerakligi tuşuntirildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶