“Sogʻlom bola yili” yangiliklari
26-may kuni Amudaryo akademik litseyida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpogʻiston xalq shoirasi, Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati Guliston Matyoqubovaning "Ota uyim" nomli yangi kitobining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Oltin meros" jamgʻarmasi raisi Abadan Saparova hamda xalq artisti Gulparshin Sirimbetovalar ishtirok qildilar.
27-may kuni "Tursunboyeva Umida” fermer xoʻjaligida gʻoʻza nihollarini sugʻorish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Sugʻorish mavsumida 3170 nafar fermer xoʻjaliklari ishchilari, 262 nafar irrigatsiya tizimi xodimlaridan iborat suvchilar sugʻorish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun masʼul qilib biriktirildi.
Shuningdek, sharbat usulida sugʻorish uchun 5283 dona chuqurchalar qazilib, har gektar maydonga 5 tonnadan mahalliy oʻgʻit chiqariladi.
Bu yil fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi tashkil qilinganiga 10-yil toʻladi. Shu munosabat bilan 27-may kuni tuman madaniyat uyida tadbir oʻtkazildi. Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbirda oʻz kasb vazifalariga fidoyilik bilan yondoshib, samarali mehnat qilayotgan maslahatchilar taqdirlandi. Tadbir soʻngida kontsert dasturi namoyish qilindi.
1-iyun kuni Mangʻitdagi bolalar madaniyat va istirohat bogʻida 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni" deb nomlangan musiqiy bayram tomoshasi boʻlib oʻtadi.
Tadbir bolajonlar ishtirokida "Sogʻlomjon-polvonjon" sport musobaqalari, asfaltga rasm chizish boʻyicha bellashuvlar bilan boshlanadi.
Bolalar zavq-shavq bilan tomosha qilib, miriqib dam oladigan koʻplab qoʻshiq, raqslar bayram dasturidan oʻrin olgan.
Joriy yilda tumanimizning 4 ta hududida, 3 navbatda jami 1140 nafarbolalarni qabul qilish quvvatiga ega 4 ta bolalar kunduzgi oromgohlari faoliyat boshlamoqda.
Oromgohlarga asosan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, serfarzand oilalarning oʻgʻil-qizlari qamrab olinmoqda. Mazkur oromgohlarda malakali pedagog-murabbiylar bolalarning maroqli dam olishiga va jismonan hamda aqlan sogʻlomlashishiga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶