MUQADDAM OGʻIR JINOYaT SODIR QILGAN ShAXSGA MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATILDI
Maʼmuriy nazorat bu sud tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga qoʻllaniladigan cheklovlardan iborat tarbiyaviy taʼsir chorasidir. Qonunga muvofiq, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik yoki qasddan qilingan jinoyatlari uchun ikki va undan ortiq marta jazo muddatini oʻtagan, boshqa davlatlarda ozodlikdan mahrum qilingan voyaga yetgan shaxslarga sud tomonidan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi.
Shu yil 3-fevral kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining majlislar zalida tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktika boʻlimida hisobda turgan 1 nafar muqaddam ogʻir jinoyat sodir qilib, sudlangan fuqaroga nisbatan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi taqdimnomalarga asosan ish materiallari koʻrib chiqildi.
Sud ishida tuman prokuror yordamchisi A.Niyazimbetov va IIB HPB katta inspektori M.Sitmurodovlar ishtirok etdi. “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talabidan kelib chiqib, muqaddam ogʻir jinoyat sodir qilgan ushbu fuqaro ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatildi. Shuningdek, sudda muqaddam ogʻir jinoyat sodir qilgan fuqaroning turmush tarzi va xulq atvorini nazorat qilish, qayta jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir qilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida IIB ruxsatisiz tumandan chiqib ketmaslik, har oyning maʼlum sanasida tuman IIB ga kelib uchrashish, alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik kabi cheklovlar oʻrnatildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶