ÇOYKÖL OVULIDA QUTURIŞ KASALLIGINING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA KÖRGAZMALI SEMINAR TAŞKIL ETILDI
Quturiş kasalligi insoniyatni jiddiy taşvişga solayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Uşbu kasallik 150 dan ortiq mamlakat va hududlarda uçraydi. Dunyoda har yili 55 ming nafar inson quturiş kasalligidan jabr çekadilar. Ayniqsa, bahor mavsumida davosi hali topilmagan bu kasallikning yuqtiriş xavfi ortadi.
Yurtimizda quturiş kasalligining oldini oliş va tarqalişiga qarşi kuraşiş maqsadida muntazam ravişda muhim çora-tadbirlar körib boriladi. Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati, Obodonlaştiriş bölimi hamda boşqa tegişli taşkilotlar hamkorligida tuşuntiriş-tarğibot işlari amalga oşiriladi.
Mazkur yilda ham 20-yanvardan 1-martga qadar bölgan vaqt oraliği “Quturiş kasalligiga qarşi kuraşiş oyligi” deb eʼlon qilindi va bu böyiça tegişli çora-tadbirlar işlab çiqildi.
1-fevral kuni Çoyköl ovulidagi 42-maktabda “Quturiş kasalligiga qarşi kuraşiş oyligi” doirasida körgazmali seminar ötkazilib, kasallikning oldini oliş böyiça tuşunçalar berildi. Oylik doirasida tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi tomonidan taşkillaştirilgan uşbu seminarda tegişli taşkilotlar masʼullari iştirok etdilar. Seminar davomida tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi bilan hamkorlikda “Odamlar va hayvonlarda quturiş kasalligining oldini oliş borasida Favqulodda vaziyatlar xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida öquv maşğulot ötkazildi. Maşğulotga jami 4 ta texnika jalb qilinib, Favqulodda vaziyatlar bölimidan 78 nafar şaxsiy tarkib aʼzolari qatnaşdi.
Öquv maşğulot davomida körgazmali tarzda insonga it tajovuz qilgan paytda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar körsatib berildi. Tadbirning taʼsirçanligini oşiriş maqsadida ötkazilgan amaliy maşğulot davomida jarohatlangan odamga zudlik bilan birinçi tibbiy yordam körsatiş, itning tekşirilişi uçun Obodonlaştiriş bölimi xodimlari tomonidan olib ketilişi, voqea joyida Veterinariya xizmati tomonidan amalga oşirilişi lozim bölgan harakatlar barçasi körsatib berilgani yanada maqsadga muvofiq böldi.
Şundan söng, veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlar, aholi örtasida kasallikdan himoyalaniş böyiça körilayotgan çoralar, tarğibot va taşviqot işlari töğrisidagi maʼruzalar tinglandi. Jumladan, tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi tomonidan yanvar oyida 800 boş it profilaktik emlangani, mutaxassislar tomonidan hududlarda emlaş işlari davom ettirilayotgani, emlaşni uzluksiz olib boriş uçun zahiralar yetarliligi töğrisida maʼlumot berildi. Şu örinda har bir hududdagi fuqarolar yiğinlari masʼullari xonadonlarda boqilayotgan uy hayvonlari, asosan it va muşuklar röyxatini şu hududga masʼul bölgan veterinariya xodimiga taqdim etişi kerakligini aytib ötildi. Fuqarolarning it saqlaş qoidalariga rioya etmasliklari va hayvonlar bilan munosabatda ehtiyotsizlikka yöl qöyilişi oqibatida quturiş kasalligi kelib çiqişi, beparvo bölmaslik kerakligi tuşuntirildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari tomonidan quturiş kasalligi – ötkir keçuvçi, öta xavfli zooantroponoz yuqumli kasallik ekanligi, oxiri ölim bilan tugaşi töğrisida maʼlumot berildi. Bugungi kunda uşbu kasallikning davosi işlab çiqilmaganligi, quturiş kasalligining manbai, asosan kemiruvçilar, daydi va qarovsiz itlar, muşuklar hamda yovvoyi hayvonlar hisoblanişi taʼkidlandi. Uşbu kasallikni davolaşdan köra, undan ehtiyot bölişga, himoyalanişga harakat qiliş afzalligi aytilib, çoralari töğrisida keng töxtalib ötildi.
Seminar davomida şu kabi tarğibot tadbirlarini barça hududlarda keng miqyosda ötkazilişi kerakligi, aholini it va muşuklarni röyxatga oliş, kasallikka qarşi emlatiş çoralarini körib borişga ogohlantiriş uçun muntazam ravişda tuşuntiriş işlari taşkil etiş çoralari muhokama etildi. Şuningdek, iştirokçilar tomonidan berilgan savollarga atrofliça javoblar berildi va keng tuşunçalarga, maʼlumotlarga ega bölişlari taʼminlandi.
T.Abdullayev, tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶