19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 07:26
Jamiyat 👁 212

TOR YoP MAHALLASIDA JINOYaT MUHOKAMASIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh BOʻLIB OʻTDI

TOR YoP MAHALLASIDA JINOYaT MUHOKAMASIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh BOʻLIB OʻTDI

Tor yop mahalla fuqarolar yigʻinida mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rajabov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev va boshqa masʼullar qatnashishdi.

Mazkur yigʻilishda mahalla hududida sodir etilgan mudhish jinoyat, uning kelib chiqishiga sabab boʻlgan holatlar atroflicha muhokama qilindi. Yigʻilishda dastlab ushbu noxush hodisa va uning oqibatlari toʻgʻrisida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov tomonidan batafsil maʼlumot berildi.

Sodir etilgan jinoyat tafsilotlariga koʻra, joriy yilning 26-yanvar kunidan 27-yanvar kuniga oʻtar kechasi boshqa viloyat fuqarosi boʻlgan ayol turmush oʻrtogʻi bilan yaqin qarindoshining uyiga mehmonga kelgan. Ayol oʻsha yaqin qarindoshi boʻlgan uy egasi bilan oʻrtalaridagi oldi-berdi masalasi boʻyicha qattiq tortishib qolishgan. Oʻzaro nizodan kelib chiqqan janjal borgan sari kattalashib, erkaklar aralashuviga sabab boʻlgan. Janjal vaqtida bir-birlarini qattiq haqorat qilib, qoʻl koʻtarishgacha borishgan. Qattiq gʻazablangan mehmon ayol va erkak qoʻliga tushib qolgan xoʻjalik pichogʻini olib, qarshisidagilarning tana qismiga koʻp marotaba sanchib, jarohat yetkazishgan va nomaʼlum tomonga qochib ketishgan. Pichoqdan jarohatlangan uy egalari ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan ayol va erkak Respublikamiz tumanlaridan biridagi yoʻl-patrul xizmati maskanida qoʻlga olingan. Mazkur holat yuzasidan shu kunning oʻzida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.  

Yigʻilishda soʻzga chiqqan masʼullar, ushbu jinoyatning sodir etilishiga asosan loqaydlik, befarqlik sabab boʻlganligini taʼkidlashdi. Atrof-muhitga loqayd va beparvo munosabat tufayli shunday mudhish jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida soʻz yuritilib, boshqa hudud fuqarosi kelgan paytda hujjat va boshqa masalalari aniqlashtirilishiga eʼtiborsiz boʻlmaslik kerakligi aytildi. Shuningdek, kichik nizolarga va oʻzaro tortishuvlarga guvoh boʻlayotgan paytda atrofdagilarning majburiyatlari, tinchlikni saqlash oldidagi vazifalari, zudlik bilan  oʻsha hududda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektoriga xabar qilish hamda boshqa bir qancha mavzularda soʻz bordi.

Shuningdek, har bir fuqaro bunday salbiy holatlar sodir boʻlishini tomoshabin boʻlib kuzatib turishi emas, balki uning oldini olishga harakat qilishi shartligi, shunday holatlarda beparvolik bilan qaramasdan, oʻzini masʼul deb bilishi kerakligi taʼkidlab oʻtildi.

Bundan tashqari, mahalla raisi, nuroniylar va mahalla faollari ham ushbu holat borasida oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirishib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun doim hamjihatlikda harakat qilishlarini taʼkidlab oʻtishdi.

Muhokama yakunida  yigʻilishda ishtirok etganlarning barchasi oila aʼzolari, qarindosh-urugʻlari hamda tanish-bilishlariga ularni ibrat olishga chaqirish maqsadida mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari va uning salbiy oqibatlarini yetkazishlari kerakligi aytildi. Shuningdek, bu borada tegishli mutasaddilarga ham muhim chora-tadbirlar belgilab berilib, tegishli vazifalar topshirildi.

Sultan Jarilkaganov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026