15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 03:08
Fan va taʼlim 👁 269

1-sonli kasb-hunar maktabida yoshlarga kasb sirlari oʻrgatilmoqda

1-sonli kasb-hunar maktabida yoshlarga kasb sirlari oʻrgatilmoqda

Mamlakatimizda keyingi yillarda kasb-hunar taʼlimi sohasidagi davlat siyosati tubdan oʻzgardi. Sohada tub islohotlarni amalga oshirish va zamonaviy professional taʼlim tizimini barpo etish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2019-yilda “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon Oʻzbekiston tarixida yangi professional taʼlim tizimini tashkil etishga asos boʻldi va yurtimizda kasb-hunar kollejlari negizida kasb-hunar maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Amudaryo tumanida ham yangi oʻquv yilidan 2 ta kasb-hunar maktabida oʻquvchi-yoshlar kasb va hunarga oʻrgatila boshladi.

Qipchoq ovulida joylashgan Amudaryo agrobiznes kolleji negizida yangi tashkil etilgan 1-sonli kasb-hunar maktabiga mazkur oʻquv yilida 4 ta mutaxassislik boʻyicha umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tugatgan 122 nafar oʻquvchi qabul qilindi. 

Ayni paytda mazkur kasb-hunar maktabida taʼlim olayotgan oʻquvchilar avtomobillarni taʼmirlash chilangari, elektro gaz payvandchi, tikuvchilik, asalarichilik kabi kasb va hunarlarni oʻrganishmoqda. Ularga 26 nafar oʻqituvchi va 4 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustalari taʼlim-tarbiya berib, hunar oʻrgatishmoqda.

Taʼlim jarayonida yoshlarga taqdim etilayotgan bunday imkoniyatlar ertamiz egalari boʻlgan yosh avlodning oʻz salohiyatini toʻla namoyon etishi, oʻzi tanlagan kasb boʻyicha oʻqishi, ishlashi, hayotda oʻz oʻrnini topib olishi va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan mutaxassislar boʻlib yetishishi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Shuni nazarda tutib, ushbu kasb-hunar maktabi maʼmuriyati, jamoasi ham tegishli yoʻriqnomalarda koʻrsatilgan meʼyoriy tartiblardan kelib chiqib kadrlar tayyorlash vazifasini oʻz faoliyatining bosh mezoni qilib belgilagan. Maktabda kadrlar tayyorlash 2021-2022 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Oʻquvchilarga 1-sonli kasb-hunar maktabida umumtaʼlim va maxsus fanlardan dars mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Umutaʼlim fanlardan 20 nafar, maxsus fanlardan 6 nafar malakali oʻqituvchilar barcha dars mashgʻulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar boʻyicha tashkil etib, oʻquvchilarning qiziqishlarini oshirishmoqda. Ularga sifatli bilim berib, yetarli koʻnikmaga ega boʻlishlarini taʼminlash maqsadida barcha mashgʻulotlarni fan kabinetlari, laboratoriya xonalarida oʻtkazishmoqda. Bundan tashqari, maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida stipendiya va uch mahal ovqat bilan taʼminlanadi.

Oʻquvchilarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida umumtaʼlim fanlaridan 9 ta, maxsus fanlardan 4 ta dars toʻgaraklari tashkil etildi. Jumladan, Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida ham 4 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻquvchilar ularga toʻliq qamrab olingan. Ushbu 5 ta tashabbus doirasidagi sport toʻgaragida oʻquvchilar oʻrtasida shaxmat-shashka, voleybol boʻyicha musobaqalar muntazam ravishda tashkil qilinadi.

Yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadidagi “Yosh kitobxonlar” toʻgaragida ham kitobxonlar safi ortmoqda. Kasb-hunar maktabida 18 mingdan ziyod kitob fondiga ega boʻlgan kutubxona mavjud. Ushbu kutubxonadagi kitoblarning 9 mingdan ortigʻi umumtaʼlim, 4 mingdan ziyodi maxsus fanlar kitoblari, qolganlari ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlardan iborat.

Jamiyatimizda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, maʼnaviyatli, mohir kasb egalari tobora koʻproq talab qilinmoqda. Shu boisdan 1-sonli kasb-hunar maktabida oʻquvchilarga hunar, kasb oʻrgatish bilan birga bilimli qilib kamolga yetkazish eng asosiy maqsad qilib olingan. 

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026