22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 06:19
Fan va taʼlim 👁 257

«BARKAMOL AVLOD» BOLALAR MAKTABIDA IQTIDORLI YoShLAR TARBIYaLANMOQDA

«BARKAMOL AVLOD» BOLALAR MAKTABIDA IQTIDORLI YoShLAR TARBIYaLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentyabrdagi 4467-sonli «Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq tuman «Barkamol avlod» markazi negizida 2020-yilning yanvaridan oʻz faoliyatini boshlagan «Barkamol avlod» bolalar maktabida 44 nafar pedagog xodimlar 1188 nafar bolalarga mashgʻulotlar olib borishmoqda.

Maktabda jami 45 ta, shundan «Texnik ijodiyoti» yoʻnalishida 6 ta toʻgarakka 108 nafar, «Badiiy ijodiyot» yoʻnalishida 31 ta toʻgarakda 792 nafar, «Oʻlkashunoslik va ekologiya» yoʻnalishida 4 ta toʻgarakda 120 nafar, «Chet tili» yoʻnalishida 2 ta toʻgarakda 72 nafar, sport yoʻnalishida 4 ta toʻgarakda 96 nafar bolajonlarga taʼlim-tarbiya berilib, iqtidori yuksaltirilmoqda. Bolalarga taʼlim-tarbiya berish, kasbga yoʻnaltirish, oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlarda qobiliyatlarini namoyon etishida toʻgarak rahbarlarining mahorati, kasbiga sadoqati va bilimi muhim oʻrin tutadi.

Shu maqsadda maktab toʻgarak rahbarlarining malakalarini oshirishga yoʻnaltirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, har oyda ochiq darslar, seminarlarda toʻgarak rahbarlari mahorati, oʻquvchilarni oʻz mashgʻulotlariga qiziqtira olishi va qay darajada kasbga ilk koʻnikma shakllantira olishga erishayotganliklari namoyon boʻlmoqda. Ochiq darslarga, seminarlarda barcha toʻgarak rahbarlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, hamkasbi ishiga baho beradi va oʻziga xos tajribalarini oʻrganib ham oladi.

Yakunlangan yil maktab maʼmuriyati, toʻgarak rahbarlari uchun ham oʻziga xos sinov yili boʻldi. Boisi koronavirus pandemiyasi tarqalishi munosabati bilan oʻrnatilgan cheklovlarga koʻra, barcha taʼlim, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyati onlayn ishlash rejimiga oʻtdi.

Tumanimizdagi «Barkamol avlod» bolalar maktabidagi toʻgaraklarda ham mashgʻulotlar onlayn tarzda tashkil etildi. Mashgʻulotlarni  tasvirga olish, montaj qilish va uzatishda maktabning monitoring yurituvchi va madaniy-ommaviy tadbirlar tashkilotchisi Gʻayrat Jumaniyozovning xizmatlari eʼtiborga sazovor boʻldi. Ushbu mashgʻulotlarni oʻquvchilar bilan birga barcha ota-onalar ham kuzatib borishdi va toʻgaraklar rahbarlarining ishiga yuqori baho berishdi.

2020-yil oktyabridan KOVID-19 pandemiyasi davrida umumiy oʻrta taʼlim maktablari va oʻrta maxsus maktab internatlarining faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha vaqtinchalik qabul qilingan sanitariya epidemiologik talablarga muvofiq mashugʻlotlar yana anʼanaviy tarzda davom ettirila boshladi. Karantin qoidalariga toʻla rioya qilingan holda boshlangan mashgʻulotlardagi oʻquvchilar faolligi oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan oʻtkazilgan «Ona tilim – qalbim quyoshi» nomli tadbirdayoq yaqqol sezildi. Shuningdek yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan va oʻquvchi yoshlarni «Barkamol avlod» bolalar maktabi toʻgaraklariga jalb qilish maqsadida oʻtkazilgan «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri ham koʻpchilikning eʼtiborini tortdi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni aholi orasida keng targʻib qilish, islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida butun respublikamiz boʻylab «Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash» shiori ostida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlarining  tumanimizda oʻtkazilgan uchrashuv, sport bayramlari, kontsert dasturlarida oʻquvchilarimiz munosib ishtirok etib, koʻpchilik eʼtiroflariga sazovor boʻlishdi. Shuningdek tumanimizda muhim sanalar munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlarda ham oʻquvchilar oʻz iqtidorlarini namoyish etishayapti.

Maktab rahbariyati oʻz kasbiga sadoqat bilan ishlab, oʻquvchilarda kasb-hunarga boshlangʻich koʻnikmalarni shakllantirayotgan, sanʼat, musiqa, sport, fanlar boʻyicha iqtidorini yuksaltirishga erishayotgan va oʻquvchilari turli koʻrik-tanlovlarda tuman, respublika, mamlakat miqyosida sovrinli oʻrinlarni egallayotgan toʻgaraklar rahbarlarini ragʻbatlantirib borishga ham alohida eʼtibor qaratadi. Bu esa kelgusida ularning faoliyati yana ham samarali boʻlishini taʼminlashi tabiiy.

Qobiliyatsiz bolaning oʻzi boʻlmaydi. Yosh oʻgʻil-qizlarning iqtidorini aniqlab, toʻgarak mashgʻulotlari orqali rivojlantirishga erishayotgan maktab oʻqituvchilar jamoasining kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026