19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 09:09
Jamiyat 👁 142

DUNYo MAMLAKATLARIDA YaNGI YIL TARIXIGA NAZAR

DUNYo MAMLAKATLARIDA YaNGI YIL TARIXIGA NAZAR

Butun dunyoda Yangi yilning boshlanishi, yangi kunning kirib kelishi keng miqyosda nishonlanadi. Yangi yil arafasida yil davomidagi ishlar sarhisob qilinadi, yangidan rejalar tuziladi va turli tadbirlar oʻtkazilib, kelayotgan yil xushkayfiyat bilan kutib olinadi.

Yangi yil bayrami insoniyatning eng qadimgi bayramlaridan biri boʻlib, qadimgi Bobil va qadimgi Misrda eramizdan avvalgi 3000 yillikda birinchi marta nishonlanishni boshlagan. Garchi, Yangi yil sanalari maʼlum tsivilizatsiyalar va madaniyatlarda turlicha nishonlangan boʻlishiga qaramasdan bayramning tub mohiyati bir xilligicha qolib kelgan, yaʼni Yangi yil bu yangilanish, yangi maqsadlar va oʻtgan yilda qilingan ishlar yuzasidan ijobiy tahlil qilishga asoslangan.

Masalan, qadimgi Misrda Yangi yil bayrami Nil daryosining eng toʻlib toshgan davriga, yaʼni sentyabr oylariga toʻgʻri kelgan boʻlib, misrliklar uchun bu davr dexqonchilik uchun yangi davr boshlanishi hisoblangan hamda Ra xudosi sharafiga bayram oʻtkazilib qurbonliklar qilingan. Bobilda yangi yil bahorning birinchi oyidagi yangi oyning tugʻilishi davriga toʻgʻri kelib, dehqonchilik uchun yangi davrning boshlanishi boʻlgan.

Qadimgi Oʻrta Osiyoda yangi yil Zardushtiylik udumlariga koʻra bahorning dastlabki oylarida koʻklamning kelishi va tabiatning uygʻonishi sifatida nishonlangan. Biz hozirgi kunda nishonlaydigan Navroʻz bayramimiz ana shu Zardushtiylardan qolgan urf-odatlarning mevasidir va uni hozirgi dinimiz Islomga umuman aloqadorligi yoʻqdir.

Tarixda birinchi marta rasmiy jihatdan Yangi yil bayrami qadimgi Rim imperiyasida Yuliy Tsezar tomonidan 1-yanvar deb eʼlon qilingan. Bu bayramga asos qilinib, qadimgi Rimdagi Xudolardan biri Janus Xudosi olingan boʻlib, u yangi yilning boshi va eski yilning oxirida tugʻilganligi aytiladi. Lekin shu oʻrinda bir narsani taʼkidlab oʻtish kerakki, Rimliklar kalendari boʻyicha yanvar oyi hozirgi zamonda ishlatiladigan Grigoryan kalendarining mart oyiga toʻgʻri kelgan.
Rim imperiyasining qulashi va Xristianizmning keng tarqalishi bilan Yangi yil bayramini nishonlash har mamlakatda turlicha koʻrinishda oʻtadi. Masalan Angliyada yangi yil aprel oyida nishonlansa, Frantsiyada bu sana Pasxa bayrami haftasining birinchi kuniga toʻgʻri keladi. Xitoyliklarda 20-yanvar va 18-fevral oraligʻida har yilgi kalendarga qarab oʻzgargan. Pravoslav cherkovidagi xalqlarda  yangi yil 13-yanvar atrofida nishonlangan, Italiyada esa Yangi yil Iso alayhsalomning tugʻilgan kunida, yaʼni 25-dekabrda nishonlangan. Bu bayram har bir xalqning iqlimi, hayot tarzi va jamiyatining rivojlanishiga qarab oʻzgargan. Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharqda bu bayram asosan bahorda nishonlangan. Keyinchalik Islomning kirib kelishi bilan koʻpchilik xalqlar bu bayramni nishonlashdan voz kechishgan. Albatta, Oʻrta Osiyo, Eron va boshqa Navroʻz bayramini nishonlovchi xalqlar bundan mustasno.

Islom diniga koʻra, Yangi yil iyul oylariga toʻgʻri keladi va Muharram deb ataladi. Aynan 622-yil 15 yoki 16-iyuldan boshlab, Musulmonlar uchun Hijriy yil boshlangan hisoblanadi. Lekin bu sanalarning Islomda bayram sifatida oʻtkazilishi hamon bahsli boʻlib qolmoqda. Shia mazhabidagilar uchun bu sana muqaddas hisoblansa, Sunniylarda bu sanani bayram sifatida nishonlash bidʼat sifatida qaraladi.

1582-yilda Papa Grigoryan, eski Yuliy kalendaridagi xatolarni tuzatuvchi yangi kalendarni taklif qiladi. Unga koʻra, yil boshi 25-dekabrda emas, balki 1-yanvarda boshlanishi nazarda tutiladi. Lekin bu kunni bayram sifatida nishonlash haqida Grigoryanning tavsiyalari umuman yoʻq. Bu kalendar faqatgina Yuliy kalendaridagi xatoliklarni tuzatish uchungina taqdim qilingan. Lekin Xristianlarning eng asosiy bayrami 25-dekabrligicha qoldirilgan.

Hozirgi paytda 31-dekabr, yaʼni eski yilning oxirgi kunida dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida Yangi yilni kutib olish maqsadida xursandchilik qilinadi va sovgʻalar ulashiladi.

Charosxon Bobojonova, 15-sonli maktabning bolangʻich sinf oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026