15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 05:35
Fan va taʼlim 👁 240

MAKTABDA «QORAQALPOQ MILLIY KIYIMLARI» MAVZUSIDA OChIQ DARS OʻTKAZILDI

MAKTABDA «QORAQALPOQ MILLIY KIYIMLARI» MAVZUSIDA OChIQ DARS OʻTKAZILDI

«Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir. Agar kelajakni qoʻldan chiqarishni istamasang, maktabni qoʻlda mahkam tutmogʻing kerak», degan edi mashhurlardan biri.

Har bir insonning shakllanishida, hayotda oʻz oʻrnini topishida maktab taʼlimining oʻrnini hech narsaga qiyoslab boʻlmaydi. Bugungi kunda taʼlim tizimiga, oʻqituvchilarning jamiyatdagi nufuzini, mavqeini oshirishga, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan ulkan eʼtibor zamirida ham tarbiya sifatini oshirishdek ulkan maqsad mujassam.

Tumanimizning chekka hududi Uyshin mahallasida joylashgan 47-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham oʻquvchi-yoshlarga fan asoslarini chuqur singdirish, ilm-maʼrifatli qilib voyaga yetkazishga astoydil harakat qilishmoqda. Oʻqituvchilar oʻz dars mashgʻulotlari innovatsion texnologiyalar asosida qiziqarli tarzda tashkil qilishib, oʻquvchilarning puxta oʻzlashtirishlariga erishmoqdalar.

Yaqinda maktabning qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Sadoqat Avazmurodovaning 5-«V» sinfida dars taqdim rejasiga asosan  tashkil etgan «Qoraqalpoq milliy qiyimlari» mavzusidagi ochiq darsi dars kuzatuvchilari boʻlgan maktab maʼmuriyati, oʻqituvchilar tomonidan yuqori baholandi.

Ochiq darsda avvalo oʻqituvchi oʻquvchilarga dars mavzusini eslatdi va doskaga yozib qoʻydi: «Qoraqalpoq milliy kiyimlari». Mavzu yuzasidan qilgan maʼruzasida qoraqalpoq zaminining tarixi juda boy  ekanligini, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi xalqlar orasida ozchilikni tashkil etsa-da, oʻz milliy anʼanalarini, urf-odatlarini saqlab kelayotgani, xalqi, tarixi kabi bu qadriyatlari ham juda boy va hayotbaxsh ekanligi xususida gapirdi. Taʼkidlanishicha, qoraqalpoq xalqining milliy madaniyati, jozibali sanʼati, mumtoz adabiyoti va folklorida bu yaqqol koʻrinib turadi. Ana shunday maʼnaviyatli xalqning milliy kiyimlari ham oʻziga xos. Ularning turmush tarziga eʼtibor berilsa, bu borada boshqa xalqlarda uchramaydigan oʻziga xos koʻpgina jihatlarni koʻrish mumkin. Xususan, kiyinishida yoshi, kasbi, ahvoli, yigitlarning uylangan yo boʻydoqligi, qizlarning ham turmushga chiqqani yo chiqmagani ifodalangan. Ular paxta, ipak, jundan toʻqilgan gazlamalardan, qoʻy-echki terisidan ishlangan kiyimlar kiygan. Erkaklar ustlariga poʻstin, chopon, chakmon va boshiga doʻppi, malaqay, choʻgirma kabi bosh kiyimlar kiygan. Qoraqalpoq qizlari kichkinaligidan kasb-hunarga oʻrgatilgan, kiyimlariga naqshlar bilan pardozlar bergan, bilakuzuk taqish urf boʻlgan, uzatilgan qiz saukele bosh kiyimini kiygan.

Shunisi eʼtiborliki, oʻqituvchi sinfni dars mavzusiga xos bezatib, qoraqalpoq milliy kiyimlari koʻrgazmasini tashkil etdi va ochiq darsining maqsad va mazmunini, mavzuning ahamiyatini oʻquvchilar ongiga singdirishga harakat qildi.

Oʻqituvchi ushbu liboslarning har birini alohida taʼriflab berishi oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi. Shuningdek, oʻquvchilar ham bu borada oʻz fikrlarini bildirib, qoraqalpoq milliy kiyimlari haqida koʻpgina bilimlarga ega ekanligini namoyish qildilar va sheʼrlar ijro etdilar.

Ochiq dars kuzatuvchilarga va oʻquvchilarga juda manzur boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026