19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 09:09
Jamiyat 👁 81

OʻZBEKISTON YoShLAR FORUMIDA PREZIDENTIMIZ TOMONIDAN ILGARI SURILGAN FIKRLAR TUMANIMIZ YoShLARIGA QUVONCh BAGʻIShLADI

OʻZBEKISTON YoShLAR FORUMIDA PREZIDENTIMIZ TOMONIDAN ILGARI SURILGAN FIKRLAR TUMANIMIZ YoShLARIGA QUVONCh BAGʻIShLADI

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Oʻzbekistonning kelajak bunyodkorlari boʻlgan yoshlarga katta imtiyozlar yaratish, ularning oʻqib, oʻz bilimlarini oshirish, barcha jabhalarda jahon yoshlari bilan baravar bellashishga qodir intellektual salohiyatga ega insonlar sifatida shakllanishlari uchun har doim umid va ishonch bildirib keladilar. Shu bois, ularning orzu-intilishlariga quloq tutish, chin dildan, samimiy muloqot qilish maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar forumida ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarga yaratiladigan  yangi  shart-sharoitlar haqida nutq soʻzladi.

Oʻzbekiston Yoshlar forumida koʻrilgan masalalar, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbus va fikrlarni tumanimiz yoshlariga yetkazish, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlardan unumli foydalanishga daʼvat etish maqsadida tuman Xalq taʼlimi boʻlimining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha shoʻʼba rahbari Zafar Abdullayev hamda Azamat Norimmatov tomonidan 16-sonli umumtaʼlim maktabida maktabning yosh pedagog-oʻqituvchilari hamda yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tuman Xalq taʼlimi boʻliminng maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha shoʻʼba rahbari Zafar Abdullayev mamlakatimizda yoshlarning qobiliyat va iqtidorlarini namoyon  etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Xususan, “Yoshlar: 1+1” dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, “Yoshlar murojaati” elektron platformasi, tadbirkorlik yoʻnalishida ish boshlayotgan yoshlarga ajratilayotgan 4 foizlik imtiyozli kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Bundan tashqari, yigʻilishda “Yoshlar:1+1” dasturi doirasida uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish ishlari amalga oshirilishi, “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish tashabbusi faol tadbirkorlarimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani alohida eʼtirof etildi.

2021-yilda kamida  500 ming nafar yoshni ish bilan taʼminlash imkonini beradigan bu ezgu harakat davlatimiz rahbari tomonidan maʼqullangani, kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali sertifikat olgan yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar yigʻilish ishtirokchilari boʻlgan yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Bu kreditlar 7-yil muddatga, 3-yil imtiyozli davr bilan berilishi yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yana bir imkoniyat maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilariga katta quvonch va kelajakdagi orzularini amalga oshirishlari uchun oʻzlariga ishonch bagʻishladi. Yaʼni, ikki va undan ortiq  farzandlari toʻlov-shartnoma asosida taʼlim olayotgan oilalarga imtiyozli taʼlim kreditlari berilishi, kreditni talaba oʻqishni bitirib, ishga kirib, oʻzi pul topib toʻlashi mumkinligidan, yoshlar mamnun boʻlishdi.

Shuningdek, yigʻilishda yoshlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatga 100 mlrd. soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilishi tadbirkorlik sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun muhim yangilik boʻldi va bu borada maktabning  bitiruvchi sinf oʻquvchilari oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Prezidentimizning Oʻzbekiston Yoshlari forumidagi sermazmun maʼruzasi va undan kelib chiqadigan vazifalarga bagʻishlangan mazkur yoshlar bilan uchrashuv yigʻilishidan maktab oʻquvchi-yoshlari katta taassurotlar oldilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026