19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 09:10
Jamiyat 👁 124

«VAQF» FONDI TOMONIDAN EHTIYoJMAND OILALARGA SOVGʻALAR TOPShIRILDI

«VAQF» FONDI TOMONIDAN EHTIYoJMAND OILALARGA SOVGʻALAR TOPShIRILDI

Xalqimiz azal-azaldan turli sanalar munosabati bilan ehtiyojmand, koʻngli yarim insonlarni yoʻqlash, ayniqsa, hayit va bayramlarda ularning xonadonlariga kirib borib, hol-ahvol soʻrash, kayfiyatlarini koʻtarish, kamlarini  toʻldirishdek xayrli ishlarga hissa qoʻshib kelishga odatlangan. “Bir miskin koʻngilni shod etish – Kaʼbatullohni obod etish bilan barobar”, degan hikmat ham, shak-shubhasiz, saxovatpesha xalqimiz zakosi tufayli yaratilgan.

Tumanimizda ham turli bayram sanalari munosabati bilan ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olish mehr-saxovat yordamlarini koʻrsatish, hayit va baryamlarni shod-xurram  oʻtkazishlari uchun ularni moddiy va maʼnaviy  qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

Elimizda yangi yil shukuhi kezayotgan ayni kunlarda ham “Vaqf” fondi tomonidan tumanimizning  turli hududlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan va kam taʼminlangan 490 ta oilaning har biriga 500 ming soʻmlik, yaʼni 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatib berildi.

Yangi yil bayrami arafasida “Vaqf” fondi hamda tumanimizdagi barcha ovul va mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari saʼy-harakatlari bilan tashkil etilgan ehson tadbirlaridan aholi mamnun boʻlmoqda. Chunki har bir xonadonga beminnat, mehr va saxovat ehsonlari bilan kirib borgan saxovatpesha insonlar bayram sovgʻasi sifatida kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish bilan birga, xalqimizning ehtiyojmand qatlami vakillariga oʻzlarining samimiy dil soʻzlarini ham izhor etishib, ularga bayramona kayfiyat ulashmoqdalar.

Bundan tashqari, “Vaqf” fondi tomonidan yana bir xayr-ehson tadbiri ham amalga oshirildi. Yusuf Eshon bobo va Shayx Jalil bobo ziyoratgohlarida 2 ta jonliq qurbonlik qilinib, 50 ta kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan  oilalarga ehson sifatida tarqatildi.

Mamlakatimizda, shu jumladan, tumanimizda ham, xalqimizning quvonchli kunlarida oilalarida kamchilik boʻlmasligi, barcha birdam va ahillikda bayramlarni shodiyonalik, katta xursandchilik bilan oʻtkazishlari uchun ularga ham alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatilmoqda. Bunda nafaqat “Vaqf” fondi,  balki ming-minglab saxovatpesha insonlar tomonidan ham ana shunday ehson tadbirlari tashkil etilishi har bir yurtdoshimiz qalbida bir-birovga mehr-muruvvat tuygʻularini uygʻotayotgani bilan eʼtiborga molik.

Yangi yil bayrami arafasida “Vaqf” fondi hamda ovul va mahallalardagi saxovatpesha insonlar tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar xalqimizga olam-olam zavq, xush kayfiyat ulashmoqda. Koʻrsatilayotgan bunday eʼtibor va ragʻbat koʻngillarini togʻdek yuksaltirib, koʻtarinki kayfiyat baxsh etmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026