15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 06:42
Fan va taʼlim 👁 254

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi

Joriy yilning  10-dekabr sanasidan 2021-yil 8-yanvargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimida ham sayyor qabullar kunlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan rejaviy jadvalga muvofiq Vazirlik hamda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi masʼullari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.

11-dekabr sanasida tumanimizdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan sayyor qabulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi oʻquv-metodika Markazi direktori oʻrinbosari Aybek Davletboyev, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri  Rahmatilla Matqurbonov, Xalq taʼlimi boʻlimi bosh huquq-maslahatchisi Nilufar Jumaniyozova, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi mehnat noziri Bahodir Kazakov hamda shoʻʼba rahbarlari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul jarayonida tumanimizning turli hududlaridagi umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari oʻzlari mehnat qilayotgan taʼlim muassasalari faoliyatiga doir muammolar, yuzasidan murojaat qildilar. Xususan, Ergash Niyatboyev tumandagi 65-sonli umumtaʼlim maktabida sinfxonalari yetishmasligi, shu bilan birga maktab binosi taʼmirtalab ahvoldaligi, sport zali yoʻqligi uchun qish oylarida jismoniy tarbiya fanini oʻtishda qiyinchiliklar yuzaga  kelishi, maktab uchun qoʻshimcha bino va sport zali qurish zarurligi haqida oʻz taklifini bildirdi.

Shuningdek, 78-sonli maktabdan Farhod Avezov, 27-sonli maktabdan Shuhrat Saparboyevlar ham taʼlim-tarbiya jarayonini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar yuzasidan oʻz takliflarini oʻrtaga tashladilar.

Tumanimizdagi 14-sonli umumtaʼlim maktabi binosi 1970-yilda qurilgan boʻlib, ayni paytda maktabning mikrohududi ancha  kengayib, oʻquvchilar soni keskin oshgan. Natijada mazkur maktab bugungi talablar darajasiga javob bermaydi. Sinfxonalar yetishmaydi, sport zali, oshxona, kimyo, fizika fanlari xonalari va laboratoriya uchun qoʻshimcha bino zarur. Bu haqdagi Yesenboy Yeshimbetovning murojaati masʼullari eʼtiboriga havola etildi.

Sayyor qabul ishtirokchilaridan 55-sonli maktabning tarix fani oʻqituvchisi Bahodir Pirniyazov Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston tarixi, dunyo dinlari tarixi fanlari boʻyicha dars yuklamalarini yarim soatdan 1 soatga yetkazish, Bahodir Oʻtaboyev  geografiya fani boʻyicha fanlar olimpiadasini 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ham oʻtkazish, Husniddin Saparboyev 28-sonli maktab binosini joriy taʼmirlash boʻyicha takliflarini bildirishdi.

Shuningdek, Xurshida Oʻtamurodova, Ismatulla Qurbonboyev, Fozilbek Ismoilovlarning oʻz kasbiy faoliyatlari boʻyicha shaxsiy murojaatlari ham qabul qilinib, barcha bildirilgan takliflar va murojaatlarga masʼullar tomonidan atroflicha tushuntirishlar hamda tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, sayyor qabul jarayonida murojaatlar va takliflar onlayn ravishda tuman Xalq taʼlimi boʻlimining mutaxassisi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining internetdagi manziliga joylashtirib borildi. Kelgusida ushbu taklif va murojaatlar vazirlik masʼullari tomonidan joylarga chiqib oʻrganilishi hamda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilishi qayd etildi.

Boʻlib oʻtgan sayyor qabul taʼlim-tarbiya tizimini zamon talablari darajasida rivojlantirish, sohaga  doir muammolarni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026