Sohibaning yutuği
Mustaqillik yillarida yoş avlodni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalaş va voyaga yetkaziş barçamizning asosiy vazifamizga aylangan. 55-sonli maktabning öqituvçilar jamoasi öz ustida doimiy işlaşga, zamonaviy pedtexnologiyalarni özlaştirişga va şu asosda öquvçilarga bilim berişga astoydil harakat qilmoqdalar. Bu esa özining natijasini bermoqda. Şu bois, öquvçilarning fanlarni özlaştiriş darajasi ham yuqori. Hozirgi kunda maktabimizda 560ga yaqin öquvçi taʼlim olmoqda. Maktabimizning yoş matematika va informatika fani öqituvçisi Rustam Rahmatullayev özining tirişqoqligi bilan öqituvçilarga örnak bölib kelmoqda. Fevral oyida bölib ötgan informatika-matematika fan oyliklarida öquvçilar bir-biriga bukletlar tayyorlaşib, bayram sovğasi sifatida taqdim qilişdi.
8-9-sinflar örtasida "Yoş matematiklar”, 5-6-sinflar örtasida "Matematika - öyinlarda”, "Öyinlar-matematikada” mavzusi böyiça öquvçilar bellaşgan edilar.
Maktab va tuman bosqiçlarida yuqori natijalarga erişib, Respublika bosqiçiga yöllanma olgan qizimiz, 8-sinf öquvçisi Sohiba Rajabboyeva matematika-informatika fanidan 24-25-mart kuni Nukus şahrida bölib ötgan "Bilimlar bellaşuvi" Respublika bosqiçida ham 1-örinni egalladi.
Maktab direktori D.Arikov, öquv işlari böyiça direktor örinbosari D.Örozboyeva, maʼnaviyat işlari böyiça direktor örinbosari D.Örozboyev va sinf rahbari Ş.Berdiboyevalar Sohibani va uning ustozi Rustam Rahmatullayevni sovğa-salomlar bilan kutib oldilar.
Sohibaning yutuğidan maktabimizning barça öquvçilari ibrat olib, aʼloçi va dono, bilimdon bölgan bu qizdan har tomonlama örnak olişga intilişmoqda. Sohiba Rajabboyevaning özi esa şu kunlarda matematika-informatika fanini puxta özlaştiriş maqsadida ustozi R.Rahmatulleva bilan izlanişlar olib bormoqda.
- Maqsadim – informatika fanini puxta örganiş, Özbekiston miqyosidagi bilimlar bellaşuvida ğolib böliş, - deydi Sohiba.
Maktabimizda informatika va matematika fanlariga qiziquvçi öquvçilar köpçilikni taşkil etadi. Informatika fani öqituvçisi Rustam Rahmatullayev har bir darsni innovatsion texnologiyalar asosida, qiziqarli savol-javoblar hamda amaliy va nazariy maşğulotlarning uzviyligi asosida olib boradi. Öquvçilarning yuqori natijalarga erişişining yana bir sababi, maktabda turli fan tögaraklarining hamda bilimlar böyiça har xil tanlovlarning öz vaqtida va töğri taşkil etilganligidir. Şu kunlarda maktabimizda "Mohir qöllar”, "Zulfiyaxonim izdoşlari”, "Yoş kimyogarlar”, "Ingliz tilini örganamiz” kabi tögaraklar faoliyat körsatmoqda. Jonkuyar öqituvçilarimiz taşabbusi bilan "Tarixni bilasizmi?”, "Prezident asarlarini örganamiz”, "Kim çiroyli va bexato yozadi?” tanlovlari ham sinflararo ötkazilib kelinmoqda. Öquvçilarimiz orasida havaskor ijodkorlar ham bor. Ularning ijodiy maşqlari adabiyot öqituvçilari tomonidan tahlil qilib boriladi.
Zuhra AHMEDOVA,
şu maktabning kutubxona mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶