IXÇAM, KULAY, KÖRKAM UY-JOYLAR yurtimiz çiroyiga-çiroy qöşmoqda
Bugungi kunda mamlakatimizning barça hududlarida yangidan qurilgan, biri-biridan körkam uy-joylarni körib, xalqimiz turmuşi tobora farovonlaşib borayotganiga guvoh bölasiz. Amalga oşirilayotgan jami bunyodkorliklar, obodonçiliklar xalqimizning ezgulikka, yaratuvçanlikka intilişini, mamlakatimizdagi barqaror tinçlik, osoyiştalik bu harakatlarga zamin bölayotganini anglaş qiyin emas.
Ayniqsa, mamlakatimiz Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi "Qişloq joylarda uy-joy qurilişi kölamini kengaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga muvofiq namunaviy loyiha asosida qurilib, foydalanişga topşirilgan 217 ta ixçam, körkam va barça qulayliklarga ega uy-joylar tumanimiz körkiga-körk qöşib turibdi.
Namunaviy loyiha asosida uy-joylar qurilişi boşlangan dastlabki 2010-yilda tumanimizda 60 ta hovli qurilib, foydalanişga topşirilgan bölsa, qişloq aholisining uy-joyga, ayniqsa, namunaviy loyiha asosida qurilayotgan uylarga talabining köpligi inobatga olingan holda 2011-yilda "Taqirqalʼa” aholi punktida 25 ta, Qiliçboy ovulining "Olmazor” mahallasida 17 ta, "Tölqin” ovulining "Bağanali” aholi punktida 8 ta, tuman böyiça jami 50 ta turar joylar qurilib, foydalanişga topşirildi. 2012-yilda 37 ta, 2013-yilda esa 70 ta har biri 12 sotix yer maydoniga ega bir neça xil hajmdagi uylar qurildi.
Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarga talab katta ekanligi inobatga olingan holda joriy yilda tumanimizning "Taqirqalʼa”, "Olmazor”, "Vaxum” aholi punktlarida 70 ta uy-joylar barpo etiş rejalaştirilib, yil boşidanoq qurilişi boşlab yuborildi. Jami 10879,2 mln. sömlik quriliş işlarining yilning 1-may holatiga 5428,6 mln. sömlik hajmi bajarildi.
Jumladan, yer işlari 100 foiz, fundament işlari 100 foiz, ğişt teriş işlari 70 foiz, elektr montaj işlari 38,6 foiz, tom yopiş işlari 34,3 foiz, içki suvoq işlari 34,3 foiz, ihota devorlari fundamenti işlari 68,7 foiz va boşqada işlar bajarildi. Qisqa qilib aytganda rejadagi iş hajmining 50 foizdan ortiği ado etildi. Bu raqamlar 1-sentyabrga qadar tumanimizda 70 ta oila barça qulayliklar yaratilgan çiroyli va obod hovlilarga ega bölişidan dalolat beradi.
Mazkur uy-joylarning taşqi muhandislik tarmoqlari böyiça 136.0 mln. sömlik, jami uzunligi 2,219 km. suv tarmoği qurilişi işlari, 278 km. gaz tarmoği qurilişi işlari amalga oşiriladi.
Şuningdek, 1,382 km. uzunlikda elektr tarmoqlari, 2,415 km. masofada yöl qurilişi rejalaştirilgan bölib, bu yönalişlar böyiça ham işlar olib borilayapti.
Şunisi eʼtiborliki, barpo etilayotgan yangi aholi punktlarida bolalar maydonçalari ham örin olgan. Şuningdek, mahalla guzari, madaniy-maişiy obʼektlar quriş ham rejalaştirilgan. Masalan, "Taqirqalʼa” mavzesida 76-umumtaʼlim maktabi, "Olmazor” qişloq vraçlik punkti qurilib, foydalanişga topşirildi. Qisqa qilib aytganda, namunaviy loyiha asosida qurilib, foydalanişga topşirilayotgan uy-joylarga ixçam, körkam, barça qulayliklarga ega bölgani uçun ham talab ortmoqda. 2015-yil uçun ham yangidan quriladigan "Çoyköl” ovulining "Bosuv” mahallasida 42 ta, A.Temur nomli ovulning "Taqirqalʼa” aholi punktida 15 ta, "Örta qalʼa” ovulining "Vaxum” aholi punktida 25 ta, jami 80 ta uy-joy uçun talabgorlar röyxati şakllantirilmoqda. Hozirgi kunda 30 nafardan ortiq fuqaro röyxatga olingan. 80 ta uy-joy oluvçilar şakllantirilgandan keyin sentyabr oyidan keyingi yil uçun uy-joy qurilişi boşlab yuboriladi. Bu hovli-joylarni quriş uçun uzoq muddatli imtiyozli kredit ajratilayotgani aholiga yana bir qulaylikdir. Şuningdek, tölov şakli xohlagan turda amalga oşiriladi, kredit rasmiylaştirilganidan keyin 6 oy davomida faqat kredit foizi tölanadi, Soliq Kodeksining "Jismoniy şaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari töğrisida”gi 179-moddasi 30-bandiga asosan uy egasi va uning yordamçi tölovçisining daromadlari yakka tartibda uy-joyni quriş va sotib oliş uçun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular böyiça hisoblangan foizlarni qoplaş uçun yönaltirilganida daromad soliğidan ozod qilinadigan imtiyozlar ham mavjud.
Bu esa xalqimiz turmuşi obodligiga xizmat qiladi.
Oygul RAJABOVA.
M.ŞOMURODOV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶