ATROF-MUHIT MUHOFAZASI UChUN BARChAMIZ MASʼULMIZ
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nafaqat soha xodimlari, balki, har bir fuqaroning zimmasidagi masʼuliyatli vazifadir. Buni vijdonan his qilgan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi xodimlari tumanimiz hududida noqonuniy chiqindilar koʻpayishining oldini olishda aholi bilan hamjihatlikda ish olib borishmoqda. Joriy yil boshidan beri Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan 134 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, aybdor shaxslar maʼmuriy jazoga tortildi.
Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hisobidagi umumiy maydoni 9,9ga boʻlgan chiqindi tashlash poligoni tuman “Toza hudud” davlat unitar korxonasi ixtiyoriga oʻtkazildi.
Tuman “Toza hudud” davlat unitar korxonasi hisobida 13 ta texnika boʻlib, 39 nafar ishchi xodimlar mehnat qilishadi. Tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi inspektorlari va “Toza hudud” DUK xodimlari bilan birgalikda shu kunga qadar jami 25 ta OFY, MFYlar bilan qattiq va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha shartnomalar tuzildi. Ayni paytda korxona tomonidan 178 ta yuridik tashkilotlarga xizmat koʻrsatilmoqda.
Shuningdek, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda 19-sentyabr – “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan tumanimizdagi Gulzor, Oybek, Olmazor, Farovon va Boʻston mahallalarida tozalash ishlari amalga oshirildi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan tumanimiz koʻchalari boʻylab obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Bu kabi ishlarni 2020-yil davomida yanada koʻproq va samarali bajarish hamda yaxshiroq natijalarga erishish rejalashtirilmoqda.
Nilufar Abdullayeva, tuman Ekologiya inspektsiyasining 1-darajali inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶