Til – millatning koʻrki
Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga bu yil 31-yil toʻldi. Respublikamizning barcha taʼlim maskanlari qatorida bizning 48-sonli umumtaʼlim maktabimizda ham ushbu sana munosib nishonlandi. Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Sardor Rajabov, Momojon Matmurodovalar rahbarligida tayyorlangan badiiy kechalar, tadbirlardan tashqari boshlangʻich sinflarda “Til bayrami”ga bagʻishlab bayram kechalari, tadbirlar oʻtkazildi.
Maktabning 3-sinfda oʻtkazilgan tadbir “Til – millatning koʻrki” deb nomlandi. Bu tadbirga munosib tayyorgarlik koʻrilganligi tadbir davomida namoyon boʻldi. Oʻquvchilar ikki jamoaga boʻlinib, tilimizga boʻlgan ehtirom va hurmatini faxr bilan ifoda etdi. Ayniqsa, 2-sinf oʻquvchilari tomonidan “Ona tilim, jonu dilim” mavzusida oʻtkazilgan bayram tadbirida ham ona tilimizga boʻlgan hurmat va ehtirom yaqqol aks etdi. Tilimizning naqadar goʻzal ekanligini sahna koʻrinishlar, tez aytish-u hikmatli soʻzlar, sheʼrlar orqali koʻrastib berildi.
Tadbirda namoyish etilgan sahna koʻrinishlari, qoʻshiq va raqslar, ifodali ijro etilgan sheʼrlar oʻquvchilar dilidagi ona tilimizga boʻlgan faxru-iftixorni yanada yuksaltirdi va koʻtarinki ruh bagʻishladi.
Halima Utaganova, 48-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶