19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 11:50
Jamiyat 👁 283

SOVChIGA ZULM QILINDI VA... ZULMKORNI KEChIRIShDI

SOVChIGA ZULM QILINDI VA... ZULMKORNI KEChIRIShDI

Xalqimizda “elchiga oʻlim, sovchiga zulm yoʻq”, degan hikmat bor. Haqiqatan ham elchi xalqlar, millatlar tinchligini oʻylab vositachilik qilgani uchun unga oʻlim ravo koʻrilmaydi. Sovchi esa... Uning ham maqsadi yaxshilik yoʻlida vositachilik qilishdir. Shuning uchun ham bir oila bilan ikkinchi oila oʻrtasida qarindoshlik rishtalarini bogʻlashga harakat qilgani, niyati yaxshilik va xolis boʻlgani uchun unga zulm qilinmaydi.
Sovchiga zulm – oila qadriyatlariga, insonlar osoyishtaligiga qilingan zulm hisoblanadi. Afsuski, baʼzan odamlar orasida ana shu azaliy qadriyatlarga amal qilmaslik oqibatida koʻngilsiz  holatlar sodir boʻlmoqda.
Tumanimiz mahallalaridan birida istiqomat qiluvchi Bahodir Odamboyev (ism-sharifi oʻzgartirildi)ning xonadoni eshigidan yaxshi niyat bilan kirib kelgan sovchi Azima Yodgorova (ism-sharifi oʻzgartirildi)ni, avvaliga yaxshi kutib oldi. Oldindagi rejalar, toʻy tadoriklari haqida gaplashib oʻtirishdi. Nima boʻldi-yu, Azimaning bir gapi Bahodirga maʼqul kelmay, ikkalasining tortishuvi oʻzaro hurmatsizlik, haqoratga, rostmana janjalga aylandi. Bir gapiga oʻn gapni qatorlashtirib tashlayotganidan  jahli chiqqan Bahodir oʻzini tutolmay Azimaga qoʻl koʻtardi. Tobora “jagʻi ochilib” ketgan Azimani avval urdi, soʻng tepkiladi. Sovchiga qilingan zulm Azimaning sogʻligiga oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazilishgacha borib yetdi. Oqibatida esa... ular sudlashdilar.
Ushbu ish Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudida koʻrilishidan avval jabrlanuvchi Azima Yodgorova, uning qonuniy vakili va sudlanuvchi Bahodir Odamboyevlar yarashganligi munosabati bilan ish yuritilishini tugatish boʻyicha sudga ariza taqdim qilgani hamda sudlanuvchi Bahodir Odamboyev bilan uning qonuniy vakili tomonidan ham aynan shu mazmunda sudga ariza kelib tushgani tufayli ish boʻyicha toʻplangan barcha hujjatlar atroflicha oʻrganilib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan tomonlarning yarashganligi sababli  ish harakatdan tugatildi. Lekin ...
Lekin ming afsuski, garchi ular yarashgan boʻlsalar-da, birining qiziqqonligi, yana birining tili yugurikligi sababli quda-qudagʻaylar amal qiladigan oʻzaro hurmat, oila deb atalgan muqaddas tushunchaga eʼtibor va qadr-qimmat chegaralari buzildi. Azaliy qadriyatlarga putur yetdi, sovchiga zulm qilindi. Ilk marta farishtalar ochgan eshik ortidan qattiq yopildi, oʻrtadagi samimiyat choʻgʻi oʻchdi. Shuning uchun aytadilar-da, sovchilik masalasida erkaklar bosiq, ayollar mulohazali boʻlgan joyda yaxshilik daraxti boʻy tiklaydi, meva beradi, deb.

S.DAVLETMURODOV,
Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026