MAQSADIMIZ – ILMLI VA YuQORI KASBIY MAHORATGA EGA YoŞLARNI TARBIYaLAŞ
Tumanimizda 2020-2021 öquv yilida taşkil etilgan 1-son kasb-hunar maktabi ham ilmga intiluvçan, özlari tanlagan kasb-hunarni egallaşga iştiyoqmand yoşlarning iqtidorlarini namoyon etişlari, mukammal örta maxsus taʼlim oliş va kasb-hunar egallaşlari uçun davlatimiz tomonidan yaratilgan katta imkoniyatlardan biri hisoblanadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi kasbiy taʼlimni rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş boşqarmasiga qaraşli mazkur kasb-hunar maktabining quvvati 900 öquvçi öringa möljallangan bölib, umumiy yer maydoni 5,17 gektarni taşkil etadi. Muassasa 1 ta öquv binosi va 100-örinli yotoqxona hamda amaliy maşğulotlar uçun maxsus ustaxonaga ega.
Ayni kunda kadrlar tayyorlaş rejalaştirilayotgan kasb va mutaxassisliklar böyiça loyihalar şakllantirilib, 2020-2021 öquv yili uçun öquvçilarni tanlaş va qabul qiliş işlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Joriy öquv yili uçun 6 ta mutaxassislik böyiça 180 nafar öquvçiga qabul kvotasi rejalaştirilgan. Kasb-hunar maktabida asosan avtomobillarni taʼmirlaş çilangari, asalariçi, payvandlovçi (elektr gaz payvandlaş işlari böyiça), tikuvçi, issiqxona va parnik xöjaligi laboranti, qişloq xöjaligi maşinalarini taʼmirlaş çilangari yönalişlari böyiça mutaxassislar tayyorlanadi. Kadrlar buyurtmaçilari bilan şartnomalar tuziş, sinfxonalarni kadrlar tayyorlaşga rejalaştirilayotgan kasb va mutaxassisliklar uçun mos jihozlar bilan taʼminlaş, issiqxona va parnik xöjaligini taşkil etiş, öquv muassasasi binosi atrofini obodonlaştiriş işlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni. Uşbu qutluğ kunda taʼlimning yangi yönalişida öz faoliyatlarini boşlayotgan kasb-hunar maktablari öqituvçilarini, tumanimizdagi barça ustoz va murabbiylarni bayram bilan muborakbod etaman!
A.BOLTABOYeV, Amudaryo tumani 1-sonli kasb-hunar maktabi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶