Biz front ortida fidoyilik qilganmiz
Dorilomon kunlarda yaşayapmiz. Bugungi tinç, osuda, farovon hayotimizga ming-ming şukronalar aytaman. Axir ne bir qora kunlarni boşdan keçirdik-a!
Esimda: 1941-yilning kuzi edi. Manğit tumanida jinoyat qidiruv bölimi boşliği lavozimida işlovçi otam Nurmuhammad Musinni onajonim ikkimiz uruşga kuzatib qoldik. Har kuni ellik-yuz nafar hamyurtlarimiz jangga otlanişardi. Ikki-uç oy içida mahalla-köyda işga yaroqli erkak zoti qolmadi hisob. Men uruş boşlangan yili 16 yaşar ösmir qiz edim. Onamning yonida oilamiz taşvişlarini bab-baravar tortar, keça-yu kunduz tinim bilmay işlardik. Rus tilini yaxşi bilganim, aʼloçi öquvçi bölganim uçun meni öşa paytdagi "Stalinçi” tuman gazetasi bosmaxonasiga işga olişdi. Zamon oğir, bir burda non jonday aziz. Iş esa baridan oğir va maşaqqatli edi. Xuddi igna bilan quduq qaziganday, bitta-bittalab harf terardik gazeta maqolalari uçun. Gazetaning birgina sahifasini tayyorlaş uçun soatlab urinardik.
Uruş yillari front orqasida işlaş heç kimga oson bölmagan. "Hamma narsa front uçun!” şiori ostida keça-kunduz Ğalaba va Tinçlik orzusi bilan işlardik. Heç kim: "mening maoşim qani, qança?”, deb söramasdi. Qölimizda oziq-ovqat uçun berib qöyilgan kartoçka bilan soatlab navbatda turib, arzimagan oq yoğ yoki "payog” olardik. 1940 yildan to 1956-58-yillargaça qornimiz töyib ovqat yeganimizni eslay olmayman. Endi bilsam, front ortida, mehnat frontida fidoyilik qilganlarning Tinçlikni asraşga qöşgan hissasi jangçilarnikidan kam bölmagan ekan.
Bugungi tinçlik ana şunday fidoyiliklar evaziga kelganligini unutmasligimiz va uning qadriga yetişimiz kerak.
Raziya Musina,
Manğit şahrining Şeroziy köçasida yaşovçi mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶