25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 17:07
Jamiyat 👁 268

OʻZBEKISTONDA PANDEMIYa MUNOSABATI BILAN SOLIQ IMTIYoZLARI BERILMOQDA

OʻZBEKISTONDA PANDEMIYa MUNOSABATI BILAN SOLIQ IMTIYoZLARI BERILMOQDA

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi davrida aholini, ayniqsa, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik subʼektlarini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash, ularning daromadlarini taʼminlash, sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilanishiga qarab ushbu subʼektlarni jadal qayta tiklash, shuningdek, ish oʻrinlarini saqlab qolish maqsadida qator chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 20-iyuldagi 6029-sonli Farmoniga asosan qator imtiyozlar belgilandi.

Xususan, 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan, jismoniy shaxslar esa koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etiladi. Mol-mulkini, binolar va avtomobil transportini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga soliq borasida ijara toʻlovlarining eng kam stavkalarini qoʻllash tartibi toʻxtatib turiladi. Ijaraga beruvchilarga 2020-yil uchun ijara toʻlovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara toʻlovini qayta koʻrib chiqish tavsiya etiladi.

2020-yil 1-apreldan 2020-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilinadi. Prezidentning 2020-yil 19-martdagi PF–5969-son Farmonida belgilangan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirishga doir imtiyoz muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol mahsulotlarini yetkazib berish orqali sotish huquqi beriladi. Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan xodimlarning yillik oʻrtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshirildi.

2021-yil 1-iyulga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab Hukumat tomonidan oʻrnatilgan joylashtirish, qurish va foydalanish boʻyicha vaqtinchalik talablarga rioya qilgan holda hamda tuman, shahar hokimliklarini xabardor qilish orqali isteʼmolchilarga ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish uchun oʻzlariga tutash boʻsh yer uchastkalarida yengil konstruktsiyalarni bepul joylashtirish va qurish huquqiga ega boʻladi.

2021-yil 1-iyulga qadar karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab tadbirkorlarga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan davlat soliq xizmati organlarini savdo muddati, mahsuloti va transport toʻxtashi taqiqlanmagan joylarni koʻrsatgan holda xabardor qilish orqali avtodoʻkon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi beriladi.

Davlat soliq qoʻmitasi oʻzining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali koʻchma savdoni boshlash toʻgʻrisida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilishni taʼminlashi belgilandi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalarida isteʼmolchilarga ovqatlanish yoki hordiq chiqarish xizmatlarini koʻrsatish uchun yengil konstruktsiyalarni joylashtirish, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha vaqtinchalik talablar tasdiqlanadi.

2021-yil 1-yanvarga qadar xalqaro tajribadan kelib chiqib, umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi tasdiqlanadi. Farmonga muvofiq, 2020-yilda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.

Prezidentning 2020-yil 18-maydagi PF–5996-son Farmonida belgilangan quyidagi soliq imtiyozlari va preferentsiyalari 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi. Yaʼni, mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha ham qator imtiyozlar berildi. Kichik tadbirkorlik subʼektlari uchun bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish, jamoat transporti korxonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlovchi tashish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi. Mikrofirma va kichik korxonalardan 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorlikni undirish toʻxtatildi.

Bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam boʻlmagan muddat davomida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalar, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan, tovarlarni (isteʼmol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aktsiz soligʻini toʻlash muddatini kechiktirishiga ruxsat berildi.

Umumiy ovqatlanish korxonalari ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasini ishchilarning sonidan qatʼi nazar qoʻllaydi.

Auditorlar, rieltorlar, baholovchilar, aktuariylar, apteka va ularning filiallari mudirlari, turistik tashkilotlarning ishchilari va gidlar, yaʼni ekskursovodlar, xorijiy tillar oʻqituvchilarining 2020-yil 1-martda tugaydigan malakaviy sertifikatlari muddati navbatdagi malakaviy imtihonlarni oʻtkazish sanasiga qadar uzaytiriladi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Saxovat va koʻmak” fondi, “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga, shu jumladan ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi boʻlinmalariga begʻaraz yordam berish (begʻaraz yordam olish) qismida foyda soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlarning amal qilishi 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi.

Z.QURBONBOYeV,

tuman DSI Soliq solish boʻyicha maslahat shoʻʼbasi bosh inspektori.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026