MUQADDAM JINOYaT SODIR QILGAN FUQAROGA MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATILDI
Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar sodir etilishini kamaytirish uchun jazodan ozod etilgan shaxslar bilan yakka tartibda muntazam ravishda profilaktik suhbatlar oʻtkazilib boriladi. Ushbu shaxslar tomonidan takroran jinoyat sodir qilinishining oldini olish maqsadida sud organlari tomonidan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi.
11-sentyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining majlislar zalida “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida muqaddam oʻta ogʻir jinoyat sodir qilgan fuqaroga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatildi. Shu bilan bir qatorda “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talabiga koʻra, muntazam ichkilikbozlikka mubtalo boʻlgan va bir necha bor majburiy tartibda davolangan ushbu fuqaroning alkogolizmga surunkali ravishda mubtalo boʻlganligi, unga toʻgʻri yoʻlni topishda koʻmak berish, tegishli chora koʻrish kerakligi ham muhokama qilindi.
Sud qaroriga koʻra ushbu fuqaro majburiy davolanish uchun 2-sonli Respublika ruhiy va asab kasalliklari dispanseriga tuzalgunga qadar majburiy turda yotqizildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶