25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:55
Jamiyat 👁 273

VOYaGA YeTMAGANLAR HUQUQBUZARLIGINING OLDINI OLISh – MUHIM VAZIFA

VOYaGA YeTMAGANLAR HUQUQBUZARLIGINING OLDINI OLISh – MUHIM VAZIFA

Har bir davlatning, jamiyatning, xalqning azaliy orzu-intilishlarini roʻyobga chiqaradigan buyuk kuch – bu kelajak avlod vakillari, yoshlardir. Shu sababdan, respublikamizda yoshlarga oid siyosat davlat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, uning asosiy maqsadi – yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yoʻlida toʻla-toʻkis roʻyobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratishdan iborat.

Voyaga yetmagan (lot. - impubes, pupillus; ing. - minor) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida 18 yoshga toʻlmagan shaxs. Ushbu tushuncha huquqning turli sohalarida 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi. Voyaga yetmagan shaxslarni huquqlarini alohida himoya qilishni normativlashtirish xalqaro miqyosda bir necha bosqichlarda amalga oshirilgan. Dastlab bunday qadam 26-sentyabr 1924-yilda qabul qilingan «bola huquqlari» Jeneva Konventsiyasi orqali tashlandi. Unda bolalarning moddiy va maʼnaviy huquqlari himoya qilingan boʻlsa-da, lekin unda «bola» tushunchasiga taʼrif berilmaydi. 1959-yil 20-noyabrdagi «Bola huquqlari» deklaratsiyasida ham bola tushunchasi berilmagan. 1989-yil 20-noyabrdagi BMTning «Bola huquqlari» Konventsiyasida «bola» tushunchasiga taʼrif beriladi. Konventsiyaning 1-moddasida Ushbu Konventsiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga toʻlmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qoʻllaniladigan qonun boʻyicha u ertaroq balogʻatga yetmagan boʻlsa, bola hisoblanadi, deb taʼrif berilgan.

Voyaga yetmaganlar haqida alohida gʻamxoʻrlik qilish zaruriyati ularning himoyasizligi, ojizligi, yetarli hayot tajribasi yoʻqligi, taʼsirchanligi va birovga taqlid qilishga moyilligi bilan belgilanadi.

Dunyoning demokratik va iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlarida ham voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oʻsishi, ehtiyojmand oilalarning mavjudligi, yetarlicha tibbiy xizmat koʻrsatilmasligi, qarovsiz bolalarning koʻpayishi kabi salbiy holatlarni kuzatish mumkin. Voyaga yetmaganlar alohida diqqat-eʼtiborni talab etadi. Odatda voyaga yetmagan shaxs hayotiy tajribaga ega boʻlmaganligi, ongi, erki va irodasi toʻliq shakllanmaganligi sababli ishonuvchan, boshqalar taʼsiriga beriluvchan boʻladi. Ular koʻpincha oʻz xatti-harakatlari oqibatlarini tushunmaydilar va uni yetarli darajada idora qila olmaydilar. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlashda nihoyatda ehtiyot boʻlish lozim.

Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan kiritilgan normalarda ham voyaga yetmaganlar tomonidan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etilsa, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosi qoʻllanmaslik belgilab qoʻyildi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan qoʻllanadigan jazo oʻz mazmuni jihatidan axloq, odob normalarini shakllantirishga xizmat qiladigan majburlov chorasi boʻlishi kerak. Shunday qilib, huquqbuzarlik sodir etgan yoshlarni qayta tarbiyalashni taʼminlashning muhim bir huquqiy kafolati yaratildi.

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishni jinoyat huquqiy choralar vositasida taʼsir koʻrsatish bilan qoʻshib olib borish oʻsib kelayotgan avlodni maʼnaviy sogʻligʻini muhofaza qilishning sharti hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlar masalasiga alohida urgʻu berilgan. Ular oila bagʻrida, yaqinlarining gʻamxoʻrligida, baxt va mehr-muhabbat ogʻushida oʻsishi zarurligini, mustaqil hayotga toʻla tayyorlanishini, tinchlik, erkinlik va tenglikni qadrlash lozimligini, xalqimizning anʼana va qadriyatlari ila shakllangan gʻoyalar asosida ularni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni koʻzlagan holda mustaqillikdan keyin qabul qilingan qator qonun hujjatlarida oʻz aksini topgan.

Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi JKning (16-modda) umumiy qoidalariga binoan kelib chiqadi, ammo voyaga yetmagan shaxsning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. JKning 85-moddasiga koʻra, voyaga yetmay turib, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, ehtiyotsizlikdan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmasligi belgilangan.

Voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurash tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, nafaqat nosoz oilalarda, balki ayrim tashqi tomondan nihoyatda sogʻlom hisoblangan oilalarning bolalari ham baʼzan yomon tarbiyalanmoqda va oqibatda bunday oʻsmirlar jinoyat yoʻliga oʻtib qolmoqdalar.

Bir qancha jinoyatlarni voyaga yetmaganlar guruh tarkibida, ayrim hollarda esa yoshi katta shaxslar boshchiligida birgalikda sodir etishadi. Mazkur qilmishlarning ijtimoiy xavfliligining yuqoriligini inobatga olganda, qonun chiqaruvchi JKning 127-moddasida «Voyaga yetmaganlarni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish» uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutgan. Agarda jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan voyaga yetmagan shaxs katta yoshdagi shaxsning taklifiga koʻra jinoyatni sodir etgan holda yoshi katta shaxs sodir etilgan jinoyatda ishtirokchi (dalolatchi) sifatida javobgarlikka tortilishi bilan birga JKning 127-moddasi boʻyicha ham javobgar boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi JKning 17-moddasiga asosan, jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga toʻlgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat sodir etgunga qadar 13 yoshga toʻlgan shaxslar javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi JKning umumiy qismi oltinchi boʻlimida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazo va uni tayinlash, javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish xususiyatlardan tashqari voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi JKning boshqa jinoiy-huquqiy moddalarida ham belgilab qoʻyilgan.

Voyaga yetgunga qadar har bolaga berilgan tarbiya uning butun umri davomidagi hayotini belgilaydi. Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi JKning 7-moddasida koʻrsatilgan insonparvarlik printsiplariga mos ravishda, oʻsmirlarga beriladigan jazoning birinchi maqsadi ularni qayta tarbiyalash ekanligini unutmasligimiz kerak. Zero, yoshlar vatan, millat va jamiyat kelajagidir.

S. Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha  Amudaryo tuman sudi raisi.

A.Ametov, Jinoyat ishlari boʻyicha Kegeyli tuman sudi raisi.

(Foto: OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026