OTABEK RAHIMBOYeV “MARD OʻGʻLON” DAVLAT MUKOFOTI SOVRINDORI BOʻLDI
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan fidoyi va mard oʻgʻlonlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etgan edi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi oldidan bir guruh yurtimiz munosib yoshlarini taqdirlash haqida Prezident Qarori qabul qilindi.
Quvonarlisi, mukofotlangan orasida tumanimizning Yuqori qishloq mahallasida tugʻilib oʻsgan, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi bloger Otabek Rahimboyev ham bor.
Tahririyatimiz nomidan intiluvchan va yuksak salohiyatli tumanimizning umidli oʻgʻlonini ushbu mukofot bilan qutlaymiz. Oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶