4 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI
21-avgust kuni Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining oçiq sud majlisi bölib ötdi. Unda Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi Sultomurod Davletmurodov, tuman prokurori, adliya maslahatçisi Javlon Muftullayev, tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Jasur Davletov, tuman Içki işlar bölimi Probatsiya guruhi katta inspektori Islom Jabborbergenovlar qatnaşdilar.
Sud majlisida tuman Içki işlar organlari Probatsiya guruhi tomonidan keltirilgan 4 ta taqdimnomalar muhokama etildi. Yaʼni Jinoyat işlari böyiça tuman sudining 2019-yil 30-oktyabrdagi hukmi böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi va 209 moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan, 1-yil muddatga muayayn huquqdan mahrum qilinib, 2-yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan mahkumaga doir iş körildi. Uşbu sud majlisida uning belgilangan tartiblarga sözsiz itoat etib, yaxşi xulq-atvorda bölganligi, xatolaridan tegişli xulosa çiqarib olganligi va çin köngildan puşaymon bölganligi inobatga olinib, jazosining ötalmagan 1-yil 4 oyidan Özbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan şartli ravişda muddatidan ilgari ozod qilindi.
Sud majlisida şuningdek, yana 1 nafar mahkuma va 2 nafar mahkum belgilangan jazo muddatidan şartli ravişda ozod qilindilar. Bunda ularning qilmişlaridan puşaymonligi, xatolaridan tegişli xulosalar çiqarib olganligi, yaxşi xulq-atvorda bölayotganligi asos böldi.
Inson hayotda bilib-bilmay, baʼzan çuqurroq mulohaza qilib körmay, baʼzan esa kimlarningdir aldoviga uçib xato qilib qöyadi. Eng muhimi – odam öz xatosini tuşunib, ijtimoiy xavfini anglagan holda xulosalar çiqarişi va tuzaliş yöliga ötişidir. Insonparvar davlatimizda amal qilinayotgan huquqiy hujjatlarga asosan buningdek fuqarolarning muddatidan ilgari jazodan ozod etilişi ularning öz hayotlarini izga solib olişlariga imkon beradi.
Bu haqda sud majlisida iştirok etgan tuman Mahalla va oilani qullab-quvvatlaş bölimi boşliği örinbosari Muqaddas Beknazarova, tuman Probatsiya guruhi katta inspektori Islom Jabborbergenovlar batafsil gapirdilar va jazodan muddatidan ilgari ozod etilgan fuqarolarning kelgusi hayotda öz örinlarini topişlariga işonç bildirdilar.
S. Davletmurodov, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶