YoShLARGA KENG IMKONIYaTLAR YaRATISh – YoShLARGA OID DAVLAT SIYoSATI BOSh MAQSADIDIR
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga doimo eʼtibor qaratib kelinadi. Xususan, yoshlarning bu boradagi intilish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish davlat siyosatining eng muhim yunalishlaridan biri sifatida belgilab qoʻyilgan.
Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida «Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 30-iyun kuni «Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6017-sonli farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmonga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etildi. Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari etib iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning intellektual salohiyati va isteʼdodini rivojlantirish;
yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan taʼminlash jarayonlariga koʻmaklashish;
yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish, xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish;
yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va boshqada vazifalarni amalga oshirish belgilandi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlansin:
yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli loyihalariga grant mablagʻlari ajratish;
oʻz iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishi uchun yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uygʻotish maqsadida keng yoshlar davrasida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish;
hududlarda yoshlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida quduqlar burgʻulash (qazish), sugʻorish vositalari xarid qilish, yengil konstruktsiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish;
yoshlarning xalqaro fan olimpiadalari va tanlovlarda hamda yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini taʼminlash, yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish;
iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari) bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish;
yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis boʻlib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish;
bitiruvchilarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy taʼlim muassasalari bazasida biznes akseleratorlar tashkil etish belgilandi
B.K.KTAYBEKOV, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶