19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 14:33
Jamiyat 👁 176

BARChA YuKSALIShLAR, BUNYoDKORLIKLAR ASOSI – TINChLIK

BARChA YuKSALIShLAR, BUNYoDKORLIKLAR ASOSI – TINChLIK

Mustaqillik sharofati bilan tashkil topgan milliy armiyamiz oʻtgan yillar davomida mamlakatimiz tinchlik-osoyishtaligining mustahkam qoʻrgʻoniga aylanib ulgurdi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan askar yigitlar burchiga sadoqat bilan xizmat qilishda, oʻz faoliyatlarini yurti, xalq taqdiriga yuksak masʼuliyat va javobgarlikni his qilgan holda olib bormoqdalar. Jismonan baquvvat, maʼnan yetuk harbiylar oʻz ona Vatanini koʻz qorachigʻiday asrash, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashish, yurt sarhadlarini sadoqat bilan qoʻriqlash burchi ekanligini chuqur his qiladilar. Zamonaviy harbiy-texnika vositalari bilan qurollanib, qudratli kuchga aylangan milliy armiyamizning mustaqillik yillarida erishilgan  ulugʻvor yuksalishlarda munosib hissasi bor. Boisi tinchlik-osoyishtalik hukmron boʻlgan yurtdagina  chinakam yangilanishlar, bunyodkorliklar, ijobiy oʻzgarishlar boʻladi.

Men xizmat qilayotgan 3-“D” harbiy qism harbiy xizmatchilari ham tumanimizning chegara hududlarini sergaklik bilan qoʻriqlash bilan birga, chegaraoldi hududlarida tinchlik-osoyishtalik hukmron boʻlishi uchun ushbu hududlarda yashovchi aholi bilan chegara daxlsizligiga rahna solmaslik, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya etish, shuningdek, chegaraoldi hududlarida joylashgan muhandislik-texnik inshootlarga va toʻsiqlarga shikast yetkazmaslik lozimligi xususida tez-tez suhbatlar olib borishmoqda. Buningdek tadbirlarga tumandagi jamoat tashkilotlari vakillarining, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining ham  jalb etilayotganligi ijobiy natijalar berayotir.

Men hayotimni ana shunday sharafli va masʼuliyatli sohaga bagʻishlaganimdan faxrlanaman. Oʻz postingda sodiq turib, tinch va bexavotir yashayotgan, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirayotgan odamlarni koʻrish, yurt osudaligini yurakdan his qilish, bunda oʻzingning ham oz boʻlsa-da, hissang borligini oʻylash harbiy xizmatchiga chinakam baxtiyorlik baxsh etadi.

Barcha yurtdoshlarimni, safdosh doʻstlarimni mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi bilan tabriklayman! Yurtimizda doimo tinchlik-osoyishtalik barqaror boʻlsin!

Fazliddin MAHAMMADIYeV, 3-“D” harbiy qism xizmatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026