25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 18:03
Jamiyat 👁 336

ODIL SUDLOVNI AMALGA OShIRIShDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING ROLI

ODIL SUDLOVNI AMALGA OShIRIShDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING ROLI

Oʻzbekistonda Prezidentimiz tashabbusi bilan sud-huquq sohasidagi islohotlar tom maʼnoda yuksak darajaga koʻtarildi. Uning huquqiy asos­larini takomillashtirish yuzasidan Konstitutsiyamizga sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash bilan bogʻliq qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi. «Sudlar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bir qator moddalari yangi normalar bilan boyitildi. 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respub­likasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlar sud tizimini tubdan takomillashtirish, fuqarolarning sud himoyasiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqini taʼminlashning yangi bosqichini boshlab berdi.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va ochiqligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi «Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash toʻgʻrisida»gi 4-sonli qarori fikrimizning yaqqol dalilidir. Qaror 31-banddan iborat boʻlib, uning maqsadi sud muhokamasi oshkoraligini, sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqi amalga oshirilishini, shuningdek sudlar tomonidan mazkur masalaga oid qonun hujjatlarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlashdir.

«Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonunning  7-moddasiga muvofiq  hamma sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq majlisda koʻrib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.

Mazkur Qonun talabiga binoan, yuqorida qayd qilingan Plenum qarorida sud muhokamasining oshkoraligi, sudlar faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikka oʻz vaqtida va obʼektiv axborot berish jamiyatda huquqiy xabardorlik darajasi oshishiga imkon yaratadi, odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolati hisoblanadi, sudlov faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash va sudga nisbatan jamiyat ishonchini oshirishning samarali vositasi hisoblanadi.

Ushbu Qarorda sudlar faoliyatiga doir axborotni olish huquqini fuqarolarning tili, jinsiy, irqiy, milliy mansubligi, diniy, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab cheklashga yoʻl qoʻyilmasligi taʼkidlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida «Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi», deb koʻrsatilgan.

Konstitutsiyaning mazkur talabiga binoan sud muhokamasining oshkoraligi, sudlar faoliyatiga doir axborotni olish fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qilishi va sudlov faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga olib kelmasligi lozim.

Qarorda tushuntirilishicha, ommaviy axborot vositalari muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan bashorat qilishga yoki sudga boshqacha tarzda taʼsir etishga (bosim oʻtkazishga) haqli emas.

Sudya sud qarori qonuniy kuchga kirmagan ish boʻyicha intervyu berishga yoxud ommaviy axborot vositalarida chiqish qilishga haqli emas.

Sud muhokamasining oshkoraligi protsess ishtirokchisi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari vakillariga sud majlisida qatnashish imkoniyati berilishi bilan taʼminlanadi.

Ochiq sud majlislarini protsess ishtirokchisi boʻlmagan shaxslar qatnashishini istisno etadigan binolarda oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ochiq sud majlisida protsess ishtirokchisi boʻlmagan voyaga yetmaganlar hozir boʻlishiga faqat tegishli protsessual qonun talabini inobatga olgan holda yoʻl qoʻyiladi.

Ommaviy axborot vositalari vakillarining ochiq sud majlisida ish boʻyicha maʼlumotlar olish maqsadida qatnashishi maʼlumot olishning qonuniy yoʻli ekanligini inobatga olib, ularning qonunda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra, sud majlisi zaliga kirishiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Protsess ishtirokchisi deganda, jinoyat-protsessual qonunchiligiga binoan muhokama qilish uchun tayinlangan ishda ishtirok etuvchi prokuror, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari tushuniladi.

Shuningdek, Qarorda ish muhokamasini yopiq sud majlisida oʻtkazish toʻgʻrisida sud asoslantirilgan ajrim chiqarib, unda protsess ishtirokchilari boʻlmagan shaxslarning, ommaviy axborot vositalari vakillarining sud majlisi zaliga erkin kirishiga toʻsqinlik qiladigan aniq holatlar koʻrsatilishi kerakligi, ish yopiq sud majlisida muhokama qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumot hamma uchun ochiq boʻlishi lozimligi, ish muhokamasi yopiq sud majlisida oʻtkazilishi haqida sud majlisi bayonnomasida va ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatining kirish qismida ham koʻrsatiladi, deb tushuntirish berilgan.

Ish muhokamasi yopiq sud majlisida oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi ajrim eʼlon qilingunga qadar protsess ishtirokchilari boʻlmagan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalidan chetlashtirilishi mumkin emas. Ish muhokamasi yopiq sud majlisida oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi qaror ishni sud muhokamasiga tayinlash chogʻida qabul qilingan hollarda, protsess ishtirokchilari boʻlmagan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zaliga kiritilmaydi.

Agar sud tomonidan jinoyat ishining muayyan qismi yopiq sud majlisida muhokama qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, protsess ishtirokchisi boʻlmagan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisining shu qismiga kiritilmaydi.

Qarorning 14-bandida qonunga koʻra, ochiq sud majlisini fototasvirga tushirish, videoyozuvni amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilishga fuqarolik ishini koʻrish paytida – sud majlisida raislik qiluvchining taraflar roziligi olingandan keyin bergan ruxsati bilan;

jinoyat, maʼmuriy, iqtisodiy ishni va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish paytida – sud majlisida raislik qiluvchining taraflar fikrini eshitgandan keyin bergan ruxsati bilan yoʻl qoʻyilishi, 16-bandining ikkinchi xatboshisida chet davlatlar ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zaliga ular Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etgan taqdirda kiritilishi haqida tushuntirish berilgan.

Protsess ishtirokchisi boʻlmagan shaxslar, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari vakillarining ochiq sud majlisida qatnashishini cheklovchi yoki ularga monelik qiluvchi sharoit yaratilishi man etiladi va bunday holat protsessual qonun buzilishi deb hisoblanadi va qonunda belgilangan javobgarlik  kelib chiqishiga sabab boʻladi.

Mazkur qarorda tushuntirilishicha, sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi axborot umumfoydalanish uchun ochiq hisoblanadi, axborotdan foydalanish qonun bilan cheklangan hollar bundan mustasno.

Foydalanishi cheklab qoʻyilgan axborotga, jumladan, quyidagilar kiradi:

foydalanishi cheklab qoʻyilgan axborotga davlat sirlariga doir (Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonuni 3, 5-moddalari);

qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga doir (masalan, farzandlikka olish siri) (Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 153-moddasi);

shifokorlik siriga doir (Oʻzbekiston Respublikasining «Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonuni 25-moddasi beshinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonuni 19-moddasi);

qonunga asosan foydalanishi cheklangan boshqa axborotlar kiradi.

Sud axborotning muayyan qismi foydalanish uchun cheklanganligini sabab qilib, talab etilgan axborotni berishini rad qilishga haqli emas. Bunday holatda axborotning foydalanish uchun ochiq qismi taqdim etiladi.

Qarorda berilgan tushuntirishga binoan sudlar faoliyatiga doir maʼlumotlar foydalanuvchilarga ularning soʻroviga asosan, yaʼni ogʻzaki yoki yozma shaklda, shu jumladan, elektron hujjat koʻrinishidagi murojaatiga asosan taqdim etilishi mumkin.

Bundan tashqari, sudlar faoliyatiga doir axborot ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali tarqatiladi.

Qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari matni sudning rasmiy veb-saytida egasizlashtirilgan holda yoki protsess ishtirokchilari roziligi bilan toʻliq eʼlon qilinishi mumkin.

Sudlarda ularning faoliyati toʻgʻrisida axborot olishni taʼminlovchi qonunga zid boʻlmagan va sudyalar mustaqilligi printsipini buzmaydigan boshqa usullardan ham foydalanish mumkin (xususan, fuqarolarni, jamoatchilik vakillarini qabul qilish, brifing, intervyu, matbuot konferentsiya­larini oʻtkazish, ommaviy axborot vositalari va aholi oldida chiqishlar qilish, press-relizlar tarqatish va h. k.).

Jamoatchilik bilan doimiy aloqada boʻlish­ni taʼminlash maqsadida sudlarning rasmiy vakillari ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.

oyida kamida bir marta sudyalarning joylarda aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etishlari lozimligi haqida tushuntirish berilgan.

Umuman olganda, mazkur qaror sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, fuqarolarning va yuridik shaxs­larning huquqlarini sud orqali himoya qilinayotganligini, ishlarni ochiq va oshkora koʻrilishida qonunda nazarda tutilgan istisno etuvchi holatlardan tashqari jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan erkin hamkorlik oʻrnatishni kafolati boʻldi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

A.Abdikarimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari buyicha sudining sudyasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026